403
katta va bosh buxgalter bo‘lishi mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning bir bo‘limini
boshqarsa, bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subektning buxgal-teriyasi faoliyatini boshqaradi.
BUXGALTERIYA - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va olib boruvchi apparat.
Buxgalteriya mustaqil bo‘lim bo‘lib, korxonaning boshqa bo‘limlari tarkibiga kirmaydi.
Buxgalteriyani bosh buxgalter, agar bosh buxgalter lavozimi belgilanmagan bo‘lsa,
katta
buxgalter boshqaradi.
Buxgalteriya bo‘limi buxgalteriya hisobini tashkil etishi va olib borishi lozim, xo‘jalik
jarayonlarining qonuniyligi va
maqsadliligini nazorat qilish, hisobot tuzish,
moliyaviy
qonunlarga bo‘ysunishini ta’minlashi va boshqa vazifalarni bajarishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: