Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

BIRJA BAHOSI - birja savdosi orqali sotilayotgan tovarlar bahosi bo’lib, tegishli tovar 
bahosining darajasi va dinamikasi yuzasidan ma’lumotlarning muhim va ishonchli manbai 
hisoblanadi. 
BONIFIKATSIYA (fr. bonifico - yaxshilayman) - agar shartnomada belgilanganidan 
tovarning sifati yuqori bo’lsa, shu shartnomaga asosan, ushbu tovarning bahosiga ustama. 
Teskari bonifikatsiya (refaksiya) - shartnomada kelishganidan tovar sifati past bo’lsa, shu tovar 
bahosidan chegirma. 
BOSHQARUV HISOBI - bu xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati, faoliyat natijalari, 
mulki (aktivlari, mablag‘lari), mulkni tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi turli o‘lchov 
birliklaridagi batafsil axborotlarni ichki boshqaruv segmentlari, ya’ni obektlar, subektlar va 
javobgarlik markazlari kesimida yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki 
boshqaruv organlari hukmiga tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqbul shakl va 
mazmunda taqdim etish tizimidir.
BRUTTO (ital. brutto-qo’pol) - tovarlarning idishi yoki o’rovi bilan birgalikdagi 
og’irligi. Tovarlarning bunday og’irligi ba’zi hollarda zarur bo’lsada, lekin tovarning sof 
og’irligi haqida aniq ma’lumot berolmaydi. Buning uchun tovarning sof ogirligi (netto)ni 
aniqlash lozim. 
Buxgalteriya hisobi - bu xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati, faoliyat natijalari, mulki 
(aktivlari, mablag‘lari), mulkni tashkil topish manbalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd 
etish, guruhlash, jamlash hamda ularni ichki va tashqi foydalanuvchilar hukmiga tegishli shakl 
va mazmunda taqdim etish tizimidir. 
BUXGALTERIYA HISOBINING MEMORIAL-ORDER SHAKLI - bu buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlarini memorial-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga 
mo‘ljallangan shakli.
 BUXGALTERIYA HISOBINING JURNAL-ORDER SHAKLI - bu buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini jurnal-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling