Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


DEBITORLAR (lat. debitor - qarzdor)


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

DEBITORLAR (lat. debitor - qarzdor) - ushbu subektga qarzdor bo‘lgan boshqa 
korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo‘lib, ular debetorlik qarzlarini to‘lashlari lozim.
Degressiv xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni xarajatlarning o’sish 
darajasi subektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan ortda qoladi.
DEKLARATSIYA - (lotinchadan, ariza, e’lon) Deklaratsiyaning quyidagi turlari mavjud. 
Bojxona deklaratsiyasi, aloqa deklaratsiyasi, soliq deklaratsiyasi va h.k.o. 
-Bojxona deklaratsiyasi - boyliklar va tovarlarni chegaradan olib o‘tishda ularning nomi, 
miqdori, bahosi, o‘rov turi va boshqalarni aks ettirgan holdagi bojxonaga taqdim etiladigan ariza; 
-Aloqa deklaratsiyasi - xorijga jo‘natilayotgan pulli yoki qimmatli paketlarga ularning 
mazmuni va qiymati aks ettirilib biriktiriladigan aloqa hujjati; 
-Soliq deklaratsiyasi - shaxsning soliq to‘lash bilan bog‘liq daromadlari, mulki va 
boshqalari hajmi haqidagi arizasi. 
DEPONENT (lat. depono – yig‘aman) -korxona, tashkilot, muassasa yoki jismoniy 
shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha saqlayotgan mablag‘i. 
Deponent 
summasi ishchi va xizmatchilarni mehnat haqini o‘z vaqtida olinmagan summalaridir. Mehnat 
haqini to‘lash uchun muddat asosan 3 kun qilib belgilanadi. Muddat tugagandan so‘ng, 
olinmagan mehnat haqi summalari vedomostga yoki deponentlar kitobiga xodimning ismi, 
familiyasi, otasining ismi, qabul raqami, hisob-to‘lov qaydnomasi raqami va oy, hamda summa 
yoziladi va deponentlangan deb belgilab qo‘yiladi. O‘z vaqtida to‘lanmagan pullar korxonaning 
bankdagi hisob-kitobiga qaytariladi. 
DEPOZIT FOIZI - tijorat bankining mijoz jamgarmasidan foydalanganlik uchun 
to’laydigan foizi. 
DEPOZIT SERTIFIKATI - ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan 
shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai 
hisoblanadi. D.s. boshqa shaxslarga beriladigan va berilmaydigan bo‘lishi mumkin. 
DILER (dallol) - fond birjasining a’zosi (alohida shaxs, firma) va banklar. Diler 
qimmatbaho qog‘oz, valyuta, qimmatbaho metallar savdosi bilan shug‘ullanib, o‘z nomi va o‘z 
hisobidan harakat qiladi. Dilerlar o‘zaro, hamda brokerlar va bevosita mijozlar bilan (mijozlar 
bilan London fond birjasi dilerlari - djobberlar) kelishuvni amalga oshiradilar. D. foydasi xaridor 
va sotuvchi kurslarining farqi hisobiga, shuningdek, qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta kurslari 
o‘zgarishi hisobiga vujudga keladi. Ko‘pgina fond birjalarining dilerlari brokerlik jarayonlarini 
amalga oshiradi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling