Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKSIYALARNING NAZORAT PAKETI
- ASOSIY VOSITALAR
- ASOSIY XODIMLAR
AKSEPTLASH (lat. acceptare - qabul qilish) - to‘lov hisobini qabul qilish, mol yetkazib
beruvchi schetiga to‘lovni o‘tkazishga rozilik berish. AKSIYA KURSI – aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi. Bu aksiyalar baxosining asosiy shakli sifatida, aksiyaning real qiymatini belgilab beradi. Aksiyalar kursining yuqori yoki past bo‘lishi aksiya bo‘yicha olinadigan dividendga bevosita bog‘liq. AKSIYALARNING NAZORAT PAKETI – jamiyat sarmoyasi ishtirokchisiga jamiyat umumiy yig‘ilishi va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarni qabul qilish yoki uni bekor qilish borasidagi so‘zsiz xuquqning ta’minlanishini o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, bir mulkdorning aksiyadorlik jamiyati ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi qo‘lida jamlangan aksiyalar ulushi tushuniladi. ASOSIY VOSITALAR Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAning 7-bandiga asosan, uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish soxasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. "Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda baholanadi: -Dastlabki qiymat; -Sotish qiymati; -Tugatish qiymati; -Qoldiq qiymati; -O‘rnini qoplash qiymati. Dastlabki qiymat - aktivni xarid qilishda qaqiqatda to‘langan pul mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir. Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir. 401 Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan amortizasiyani chiqarib tashlangan hodda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy qiymatidir. O‘rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati. ASOSIY XODIMLAR - qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener- quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling