Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

BUDJET – rejaning miqdorda aks ettirilishi, uning bajarilishi ustidan nazorat qilish 
vositasi va tartibga solish usuli. 
Bosh (general) budjet – subektning hamma faoliyatini qamrab olgan moliyaviy xujjat. 
BOSHQARUV BOSQICHI–tegishli vaqt oralig’ida boshqaruv faoliyatini amalga oshirish 
uchun bajarilayotgan tadbirlarning majmuasi. 
BUDJET (SMETA)–amaliyotda tegishli davr ichida olinadigan daromad va sarflanadigan 
xarajatlarning rejalashtiriladigan miqdorini ko’rsatadigan va ushbu maqsadlarga erishish uchun 
jalb qilinadigan kapitalning miqdorini belgilaydigan, ma’lum davr uchun tayyorlangan va qabul 
qilingan pul ko’rinishidagi miqdor rejadir. Javobgarlik markazlarining ushbu rejalarni bajarishini 
baholashda asos bo’lib xizmat qiladi. 
BUDJETLASHTIRISH – subekt va uning bo’linmalarining faoliya-tini boshqarish usuli. 
BUXGALTER- buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassis, «buxgalter» so‘zi birinchi 
marta XV asrda paydo bo‘lgan. Buxgalter mutaxassisligiga birinchi marta «Insbrug» hisob 
palatasi ish yurituvchisi Kristofor Shtexer ega bo‘lgan. Umuman, buxgalter ma’lum bir huquq va 
majburiyatlarga ega bo‘lgan xodim hisoblanadi. Buxgalter aniq bir ish va ma’lum xo‘jalik 
faoliyatining hisobi va nazoratini olib boradi. Lavozimi va bajarayotgan ishiga ko‘ra, buxgalter 


403 
katta va bosh buxgalter bo‘lishi mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning bir bo‘limini 
boshqarsa, bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subektning buxgal-teriyasi faoliyatini boshqaradi. 
BUXGALTERIYA - buxgalteriya hisobini tashkil etadigan va olib boruvchi apparat. 
Buxgalteriya mustaqil bo‘lim bo‘lib, korxonaning boshqa bo‘limlari tarkibiga kirmaydi. 
Buxgalteriyani bosh buxgalter, agar bosh buxgalter lavozimi belgilanmagan bo‘lsa, katta 
buxgalter boshqaradi. 
Buxgalteriya bo‘limi buxgalteriya hisobini tashkil etishi va olib borishi lozim, xo‘jalik 
jarayonlarining qonuniyligi va maqsadliligini nazorat qilish, hisobot tuzish, moliyaviy 
qonunlarga bo‘ysunishini ta’minlashi va boshqa vazifalarni bajarishi lozim. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling