Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

BUXGALTERIYA HISOBI - xo‘jalik hisobining hisob turlaridan biridir. Buxgalteriya 
korxona, tashkilot, muassasa va birlashmalar xo‘jalik faoliyatini to‘liq, hamma jarayonlarini 
uzluksiz hujjatlashtirish va nazorat qilishdir. Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot, muassasa, 
vazirlik va boshqarmalarning faoliyat ko‘rsatish vaqtidan tugatilish vaqtigacha bo‘lgan 
faoliyatini hujjatlarda aks ettirib boradi. Buxgalteriya hisobi yozuvlari har tomondan tekshirilgan 
hujjatlar asosida olib boriladi, bu buxgalteriya hisobining nazorat ahamiyatini, ma’lumotlar 
to‘g‘riligini, hisob ko‘rsatkichlari aniqligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi –bu xo‘jalikda bo‘lib o‘tadigan hodisa, voqea, jarayonlar va xo‘jalik 
muomalalarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olib borish tizimidir 
“Buxgalteriya” nomi 18 – asrda kirib keldi. Bu so‘z nemis tilidan «bux» - kitob, «galter»-
ushlash so‘zlaridan kelib chiqqan. 
BUXGALTERIYA BALANSI negizida «balans» so‘zi yotadi. Bu so‘z lotincha «bis», 
ya’ni «ikkita» va «lanx», ya’ni «tarozi pallasi» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zaro tenglik, bir 
xillik ramzi hisoblanadi.
Kirish yoki ta’sis balansi deganda korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasiga, ya’ni 
ta’sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. Odatda ushbu sanaga tuzilgan balansning 
aktivida faqat ta’sischilarning yangi tashkil etilgan korxona oldidagi qarzi, balansning 
passivida esa e’lon qilingan ustav kapitalining miqdori ko‘rsatiladi. 
Boshlang‘ich balans deganda hisobot davri boshiga, hisobot balansi deganda esa hisobot 
davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi davr uchun boshlang‘ich 
balans bo‘lib hisoblanadi. 
Tugatish balansi – korxona tugatilishi sanasiga tuzilgan balans.
Birlashtirish balansi – ikki va undan ortiq korxonalar bir biri bilan qo‘shilganda qo‘shilish 
sanasiga tuzilgan balans.
Ajratish balansi – bu korxona ixtiyoridan mustaqil boshqa korxona ajralib chiqganda bir – 
biriga mablag‘larni topshirish va qabul qilish sanasiga tuzilgan balans. 
Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra balans yig‘ma va alohida balans turlariga 
bo‘linadi. 
Yig‘ma balans - bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini gorizontal holda jamlash 
natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern, kompaniya, vazirlik va shu kabi yuqori 
organlar tomonidan tuzilgan balans.
Alohida balans –bu har bir ho‘jalik yurituvchi subekt tomonidan tuzilgan balans. 
O‘z qaramog‘ida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan bosh korxonalar
konsolidasiyalashtirilgan balans tuzadilar.
Subektlarni moliyalashtirilishiga qarab balans bir biridan tubdan farq qiladigan davlat 
byudjetidagi muassasalar balansi va xo‘jalik yurituvchi subektlar balansiga bo‘linadi. 
Hisob ma’lumotlarini jamlash sikllariga ko‘ra sinov balansi, tuzatilgan sinov balansi va 
oxirgi yakuniy balans turlarini ajratish mumkin. 
Sinov balansi – bu vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan, shuningdek hisobot davri 
oxirigaa ayrim schetlar bo‘yicha hisob-kitoblar ma’lum sabablarga ko‘ra oxirigacha amalga 
oshirilmagan holda tuzilgan dastlabki balans 
Tuzatilgan sinov balansi - mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so‘ng, lekinda vaqtinchalik 
schetlar yopilmasdan tuzilgan balans. 


404 
Yakuniy balans – bu vaqtinchalik schetlar yopilgach, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobot va taqsimlanmagan fayda to‘g‘risidagi hisobotlarning ma’lumotlari e’tiborga olinib 
tuzilgan balans.
Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng 
tarqalgan. 
Regulirovka schetlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans –netto tuzilishi
mumkin. 
 Balans- brutto - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizasiya va eskirish summalarini, 
shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib 
tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda etmaydi. 
Balans-nettobu aktivlar summasidan jamlangan amortizasiya va eskirish summalarini
shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv summasini chegirib 
tashlash yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining real qiymatini ifoda 
etadi. 
Balans bo‘limi deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini 
ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.
Balans moddasi deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa o‘z 
navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun 
ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‘yicha qavs ichida tegishli schetlarning 
tartib raqamlari ko‘rsatilgan. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling