Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
DEBITORLAR (lat. debitor - qarzdor)
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEPONENT (lat. depono – yig‘aman)
- DEPOZIT FOIZI
- DILER (dallol)
DEBITORLAR (lat. debitor - qarzdor) - ushbu subektga qarzdor bo‘lgan boshqa
korxona, tashkilot, muassasa yoki shaxslar bo‘lib, ular debetorlik qarzlarini to‘lashlari lozim. Degressiv xarajatlar – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni xarajatlarning o’sish darajasi subektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan ortda qoladi. DEKLARATSIYA - (lotinchadan, ariza, e’lon) Deklaratsiyaning quyidagi turlari mavjud. Bojxona deklaratsiyasi, aloqa deklaratsiyasi, soliq deklaratsiyasi va h.k.o. -Bojxona deklaratsiyasi - boyliklar va tovarlarni chegaradan olib o‘tishda ularning nomi, miqdori, bahosi, o‘rov turi va boshqalarni aks ettirgan holdagi bojxonaga taqdim etiladigan ariza; -Aloqa deklaratsiyasi - xorijga jo‘natilayotgan pulli yoki qimmatli paketlarga ularning mazmuni va qiymati aks ettirilib biriktiriladigan aloqa hujjati; -Soliq deklaratsiyasi - shaxsning soliq to‘lash bilan bog‘liq daromadlari, mulki va boshqalari hajmi haqidagi arizasi. DEPONENT (lat. depono – yig‘aman) -korxona, tashkilot, muassasa yoki jismoniy shaxsning korxona, tashkilot, muassasada vaqtincha saqlayotgan mablag‘i. Deponent summasi ishchi va xizmatchilarni mehnat haqini o‘z vaqtida olinmagan summalaridir. Mehnat haqini to‘lash uchun muddat asosan 3 kun qilib belgilanadi. Muddat tugagandan so‘ng, olinmagan mehnat haqi summalari vedomostga yoki deponentlar kitobiga xodimning ismi, familiyasi, otasining ismi, qabul raqami, hisob-to‘lov qaydnomasi raqami va oy, hamda summa yoziladi va deponentlangan deb belgilab qo‘yiladi. O‘z vaqtida to‘lanmagan pullar korxonaning bankdagi hisob-kitobiga qaytariladi. DEPOZIT FOIZI - tijorat bankining mijoz jamgarmasidan foydalanganlik uchun to’laydigan foizi. DEPOZIT SERTIFIKATI - ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi. D.s. boshqa shaxslarga beriladigan va berilmaydigan bo‘lishi mumkin. DILER (dallol) - fond birjasining a’zosi (alohida shaxs, firma) va banklar. Diler qimmatbaho qog‘oz, valyuta, qimmatbaho metallar savdosi bilan shug‘ullanib, o‘z nomi va o‘z hisobidan harakat qiladi. Dilerlar o‘zaro, hamda brokerlar va bevosita mijozlar bilan (mijozlar bilan London fond birjasi dilerlari - djobberlar) kelishuvni amalga oshiradilar. D. foydasi xaridor va sotuvchi kurslarining farqi hisobiga, shuningdek, qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta kurslari o‘zgarishi hisobiga vujudga keladi. Ko‘pgina fond birjalarining dilerlari brokerlik jarayonlarini amalga oshiradi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling