Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va xarajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq,  ya’ni F = D > X


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va xarajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq
ya’ni
F = D > X. 
Demak, qanchalik daromad ko‘p bo‘lib, xarajat kam bo‘lsa, korxonaning foydasi 
shunchalik ko‘p bo‘ladi.
FOYDA INDEKSI – pul mablag’larining joriy kirimining investitsiya hajmiga nisbati 
boyicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini tavsiflovchi nisbiy ko’rsatkich. 
FYUCHERS–qimmatbaxo qog‘ozlarni, valyuta yoki tovarlarni belgilangan narx va 
kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish borasidagi bajarilishi majbur bo‘lgan 
qisqa muddatli standart shartnomalardir. 
GORIZONTAL TAHLIL – o’tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta 
xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli. 
GRAFIK (CHIZMA) USULI – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini tuzish 
uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog’liq 
bo’lishi. 
GRANTLAR -- bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, xalqaro 
tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va nomoddiy mablag‘lar 
majmuasi.  
HISOB REGISTRLARI . 
Hisob registrlaribu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va 
jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar.
Kitoblar – bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob 
varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari.
Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd 
etishga mo‘ljallangan registrlar. 
Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga
mo‘ljallangan registrlar. 
Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida schetlarning ham debeti, ham 
krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar.
Kartochkalar - bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va alohida
hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda 
tayyorlangan registrlar.
Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar 
asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot registrlari.


407 
HISOB SHAKLI – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va
yig‘ishda qo‘llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
memorial-orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jurnal-
orderlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining ixchamlashtirilgan shakli - bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
ixchamlashtirilgan registrlar asosida qayd etish, guruhlash va yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.
Buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shakli - bu buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini kompyuterlarda mashinogrammalar ko‘rinishida qayd etish, guruhlash va
yig‘ishga mo‘ljallangan shakli.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling