Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

AKSEPTLASH (lat. acceptare - qabul qilish) - to‘lov hisobini qabul qilish, mol yetkazib 
beruvchi schetiga to‘lovni o‘tkazishga rozilik berish. 
AKSIYA KURSI – aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi. Bu aksiyalar baxosining 
asosiy shakli sifatida, aksiyaning real qiymatini belgilab beradi. Aksiyalar kursining yuqori yoki 
past bo‘lishi aksiya bo‘yicha olinadigan dividendga bevosita bog‘liq. 
AKSIYALARNING NAZORAT PAKETI – jamiyat sarmoyasi ishtirokchisiga jamiyat 
umumiy yig‘ilishi va uning boshqaruv organlarida muayyan qarorlarni qabul qilish yoki uni 
bekor qilish borasidagi so‘zsiz xuquqning ta’minlanishini o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha 
aytganda, bir mulkdorning aksiyadorlik jamiyati ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi qo‘lida 
jamlangan aksiyalar ulushi tushuniladi. 
ASOSIY VOSITALAR Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAning 7-bandiga asosan, 
uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish 
sohasida ham, noishlab chiqarish soxasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish 
uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
"Asosiy vositalar" nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar quyidagi baholarda 
baholanadi: 
-Dastlabki qiymat; 
-Sotish qiymati; 
-Tugatish qiymati; 
-Qoldiq qiymati; 
-O‘rnini qoplash qiymati. 
Dastlabki qiymat - aktivni xarid qilishda qaqiqatda to‘langan pul mablag‘lari yoki uni 
barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir. Sotish qiymati asosiy vositalarni bitim 
paytida manfaatdor taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir. 
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda 
aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin 
qilinayotgan qiymatidir. 


401 
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan amortizasiyani 
chiqarib tashlangan hodda asosiy vositalarning dastlabki yoki joriy qiymatidir. 
O‘rnini qoplash qiymati korxona aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni 
mo‘ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati. 
ASOSIY XODIMLAR - qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni 
egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-
quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, 
taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, 
ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling