Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


XO‘JALIK OPERASIYASI (MUOMALASI)


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

XO‘JALIK OPERASIYASI (MUOMALASI) deganda korxonada yuz bergan va 
berayotgan aniq xarakatlar, ishlar tushuniladi. 
VALUTA KURSI - bir valutani ikkinchisiga almashtirishdagi nisbat. Rivojlangan 
davlatlardagi valuta kurslari dollarga nisbatan shu davlatlar hukumati tomonidan belgilanmay
balki xalqaro valuta bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib stixiyali ravishda vujudga keladi.
VASIQA DISKONTI - vasiqa hisobi - ularning muddati tugagunga qadar vasiqalarning 
bank tomonidan sotib olinishi. 
VERTIKAL TAHLIL – har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga 
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish. 
YALPI FOYDANING GRAFIGI (CHIZMASI) – ishlab chiqarishning ma’qul holatida 
foyda va zararlarning hududi (miqyosi)ni aks ettiradigan grafik (chizma). 
YALPI TUSHUM – bu mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum bo‘lib, 
u o‘z ichiga sof tushum hamda byudjetga to‘lanadigan bilvosita soliqlarni (aksiz solig‘i, 
qo‘shilgan qiymat solig‘i va avtomobil yoqilg‘ilari iste’moli solig‘i) oladi. 
YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI deganda asosiy ishlab 
chiqarish sexlari uchun yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lib hisoblangan ishlab chiqarish 
bo‘linmalarining (sexlarning) xarajatlari tushuniladi. Yordamchi sexlar bo‘lib, masalan, 
ta’mirlash sexi, mexanika sexi, bug‘ berish sexi va boshqalar hisoblanadi. Ushbu sexlarning 
xarajatlari alohida hisobga olinadi va har oyning oxirida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 
tarkibiga kiritiladi. 
YURIDIK SHAXSLAR - O‘z mulkiga ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlarini shu mulklar 
bilan bajaradigan, soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan, bankda hisob raqamiga, mustaqil 
buxgalteriya balansiga ega bo‘lgan korxona, tashkilot, birlashma va ularning mustaqil 
shaxobchalariga yuridik shaxslar deb ataladi. 
YO‘LDAGI PUL MABLAG‘LARI, deganda tovar va mahsulotlarni sotish natijasida 
kassaga olingan nao‘d pulning bankdagi pul mablag‘lariga o‘tkazish uchun inkassatorlarga 
topshirilgan, ammo bank tomonidan qabul qilinadigan tasdiqlanmagan naqd pul mablag‘lari
kiradi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling