Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Subschyot – bu bitta sintetik schyot doirasida bir xil analitik schyotlarni qo‘shimcha 
guruhlash usulidir. 
Buxgalteriya schyotining schyotlar rejasi schyotlarning iqtisodiy mazmuniga karab 
turkumlarga ajratilishiga asoslanib ishlab chiqilgan. Buxgalteriya hisobi schyotlari tuzilishi va 
vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 


417 
7. Asosiy aktiv schyotlar guruhi moddiy va pul mablag‘larining harakatini, hamda 
debitorlar bilan hisob-kitob ishlarini olib borishga mo‘ljallangan (“Asosiy vositalar”, 
“Materiallar”, “Tayyor mahsulot”, “Kassa” va boshk.). 
8. Asosiy passiv schyotlar fondlar holatining o‘zgarishini, kreditorlar bilan hisob-kitob 
hisobini olib borishga mo‘ljallangan (“Ustav kapitali”, “Kreditorlar bilan hisob-kitob” schyotlari 
va boshk.). 
9. Tartibga soluvchi schyotlar hisobga olinadigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil 
topish manbalarining bahosini tartibga solishga mo‘ljallangan schyotlardir (“Asosiy 
vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning eskirishi”va boshk.). 
10. Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar guruhiga umumishlab chiqarish xarajatlari va boshqalar 
kiradi. 
11. Kalkulyasiya schyotlari guruhi xarajatlar umumiy summasini aniqlash va tannarxni 
hisoblashga mo‘ljallangan (“Asosiy ishlab chiqarish”, “Yordamchi ishlab chiqarishlar” 
schyotlari va boshk.). 
12. Taqqoslovchi schyotlar guruhiga kiruvchi schyotlar bo‘yicha schyotning debet va 
kredit tomonlariga yozilgan yozuvlar taqqoslanib, xo‘jalik jarayonlarining natijalari aniqlanadi 
(moliyaviy natija schyoti). 
Balansga karab schyotlar ikkiga bo‘linadi. Balansda aks ettiriladigan va balansdan 
tashqari schyotlar. Balansda aks ettiriladigan schyotlarga korxonaga karashli mablag‘lar holati 
va o‘zgarishlarini hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar kiradi. Balansdan tashqari schyotlarga 
korxonada vaqtincha foydalanishda bo‘lgan mablag‘larni hisobga olish mo‘ljallangan schyotlar 
kiradi. 
Balansdan tashqari schyotlarda yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. Bu schyotlar boshqa 
xech qanday schyotlar bilan aloka qilmaydi. Ularda ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta 
ishlashga qabul qilingan xom ashyo va materiallar, vaqtincha saqlashga qabul qilingan moddiy 
boyliklar hisobga olinadi. 
Amalda qo‘llanilayotgan schyotlar rejasi buxgalteriya schyotlarini quyidagi guruhlarga 
bo‘ladi: 
Doimiy schyotlar, bu aktivlar, majburiyatlar va kapitallar schyotlari bo‘lib, bu schyotlarda 
buxgalteriya balansida aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiq bo‘ladi. Doimiy schyotlar 
aktiv, passiv kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga bo‘linadi. 
Aktiv schyot (A) – bu aktivlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan shunday schyotlarki, 
iqtisodiy resurslarning hisobot davri boshiga qoldig‘i va hisobot davridagi ko‘payishi schyotning 
debet tomonida aks ettiriladi. 
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va kapitallarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan schyot 
bo‘lib, unda majburiyat va kapitallar qoldig‘i va ko‘payishi schyotning kredit tomonida, 
kamayishi esa debet tomonida aks ettiriladi. 
Kontr-aktiv (KA) schyoti, bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy hisobotda sof aktiv 
qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i, u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv schyot qoldig‘idan 
ayirib tashlanadi. 
Kontr-passiv (KP) bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki 
kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyot 
qoldig‘idan ayirib tashlanadi. 
Tranzit schyotlar (T) – bu moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda aks ettiriladigan, 
hisobot davri oxirida yopiladigan va qoldiq summasi bo‘lmaydigan, hisobot davri davomida 
foydalaniladigan daromadlar va xarajatlar schyotlaridir. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling