Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

Schyotlarning ochilishi deganda ularning bosh qoldig‘ini mos ravishda debet va kreditda 
ko‘rsatish tushuniladi. 
Schyotlarga yozish deganda yuz bergan operasiya summasini ularning debet va kredit
tomonlarida aks ettirish tushuniladi. 
Schyotlarning yopilishi deganda ularning debet va kredit oborotlari summalarini hisoblash 
va oxirgi qoldiq summalarini topish tushuniladi. 
Sintetik schyotlar – bu ma’lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab beruvchi 
schyotlar. Ular asosida yuritiladigan hisob sintetik hisob deb ataladi. 21- son BHMSda 
ko‘rsatilgan barcha schyotlar sintetik schyotlar hisoblanadi. Demak, davlat tomonidan faqat 
sintetik schyotlar reglamentlashtiriladi. 
Sintetik schyotlar deb, mablag‘lar va xo‘jalik jarayonlarining umumlashgan hisobi pul 
ko‘rsatkichlarida yuritiladigan schyotlarga aytiladi. Masalan, “Tayyor mahsulot” schyotida 
korxonada ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot hamma turlarining harakati hisobga olinadi. 
Yoki “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyotida barcha mol 
yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob hisobi yuritiladi. 
Sintetik schyotlar yordamida amalga oshiriladigan hisob sintetik hisob deb ataladi. Lekin 
mablag‘larning holati va harakatini har tomonlama nazorat qilish imkoniyati bo‘lsin uchun 
sintetik hisob ma’lumotlarigina yetarli emas. 
Analitik schyotlar deb, sintetik schyotlardagi ma’lumotlarni tafsilotlab, aniqlashtirib 
ko‘rsatuvchi schyotlarga aytiladi. Analitik schyotlar – bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va 
turli o‘lchov birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar. Ular yordamida amalga 
oshiriladigan hisob analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil 
ravishda ochiladi va yuritiladi.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling