Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

RELEVANT XARAJATLAR – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda 
e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan bog’liq 
kelgusidagi xarajatlar.
RENTABELLIK - ishlab chiqarish samaradorligining ko’rsatkichi bo’lib, foydaning 
asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablaglarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati 
sifatida aniqlash. 
REZERVLAR(R) Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar uchun oldindan hosil qilingan rezervlar
masalan kapital ta’mirlash, mehnat ta’tilini hisoblash uchun rezervlar.
REZERV KAPITALI (RK) bu korxonaning sof foydasidan tashkil etilgan rezerv kapitali, 
mulkni qayta baholashdan olingan qo‘shimcha qiymat va bepul kelib tushgan mulklar 
qiymatining majmuasi. 
ROYALTI - bu intellektual mulklardan kelgan daromadlardir. Intellektual mulklarga 
yangilik yaratilganligi to‘g‘risidagi patent, litsenziya, tovar belgisi va boshqalar kiradi. 
Royalti – quyidagilar uchun har qanday turdagi to‘lovlar: 


415 
fan, adabiyot va san’at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari uchun 
dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh huquqlar obektlaridan, jumladan ijrolar va 
fonogrammalardan foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik uchun; 
sanoat mulki obektiga, tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), savdo markasiga, 
dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki jarayonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi 
patentdan (guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-
xaudan) foydalanganlik uchun
SAMARALI XARAJATLAR – tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar. 
SAMARASIZ XARAJATLAR – ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan ya’ni 
ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling