Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

MOLIYAVIY NATIJALAR - xo‘jalik yurituvchi subektning foyda yoki zarar shaklida 
ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir. 
MOL-MULK – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish obektlari bo‘la oladigan moddiy 
obektlar, shu jumladan pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar (paylar, hissalar) hamda 
nomoddiy obektlar
MUHOFAZA MUDDATINI UZAYTIRISH – birlik mahsulot uchun zarur bo’lgan TMZ 
o’zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo’lgan muddat.
MULKka  subektda ishlatilayotgan va bir yildan ortiq muddat ichida korxonada ishlatilishi 
mo‘ljallangan ushlab ko‘rish mumkin bo‘lgan uzoq muddatli aktivlar, ya’ni asosiy vositalar 
kiradi. 
MUOMALA BUYUMLARI xo‘jalikni o‘zida foydalanishi mumkin (ular mol (tovar) 
tusini olmaydi) yoki sotish uchun ishlatiladi (ular mol (tovar) tusini oladi). Bunga mehnat 
mahsulotlari kiradi. 
MUQOBILLASHTIRISH (OPTIMALLASHTIRISH) – topshirilgan chegaraga to’g’ri 
keladigan muqobillikni topish jarayoni.
MUQOBIL STANDARTLAR – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o’rtacha 
bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
MUTANOSIB XARAJATLAR – o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha 
mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subektning ishbilarmonlik faolligi o’zgarsa 
o’zgarib turadigan xarajatlar.
NAZORAT - HISOB NUQTASI – o’zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini 
amalga oshirish va hisob yuritish boyicha tugallanmagan mahsulotning joyini aniqlash. 
NOMINAL - qimmatbaho qogozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlangich 
qiymati. 
NOMODDIY AKTIVLAR – moddiy – ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik 
yurituvchi subekt tomnidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol – mulk obektidir.

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling