Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


KREDIT – lotinchada u ishonadi degan ma’noni bildiradi. Kredit (lat. creditum -qarz


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

KREDIT – lotinchada u ishonadi degan ma’noni bildiradi.
Kredit (lat. creditum -qarz) - pul mablag‘lari yoki tovarni qarzga berish. Korxona va 
tashkilotlar mablag‘larining aylanma harakatining bir xilda emasligi natijasida vujudga kreditga 
bo‘lgan sharoit va talabini banklar qondiradi. Asosiy prinsiplari esa, o‘z vaqtida qaytarilishi, 
maqsadli mo‘ljallanganligi, moddiy boylik bilan ta’minlanganligidir. Kredit 2 xil bo‘ladi: qisqa 
muddatli va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi (qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga 
qarang). Korxona olgan kreditlar 6800, 7800 schetlarda hisobga olinadi. Bu schetlarning 
kreditida olingan kredit summasi, debetida esa shu summaning qaytarilishi aks ettiriladi. 
KREDIT TASHKILOTLARI – tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan banklar, kredit 
uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari
KURS BO‘YICHA FARQ – milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining 
o‘zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda vujudga 
keladigan (ijobiy, salbiy) farq. 
LIZING -lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o‘rtasida lizing oluvchiga xo‘jalik faoliyatini 
va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish maqsadida ko‘char va ko‘chmas mulkni 
vaqtinchalik foydalanish uchun berish to‘g‘risida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakt)ni tuzish 
natijasida vujudga kelgan xo‘jalik qarz munosabatlari. 
LITSENZIYA - (lotinchadan - uchun, ruxsat) rasmiy ruxsat. Tijorat amaliyotida uning 


412 
ikki asosiy turi uchraydi: eksport va importga litsenziya, hamda patentli litsenziY. Ma’lum bir 
miqdordagi u yoki bu tovar guruhlarining eks-port yoki importiga litsenziya davlat boshqaruvi 
tashkilotlari tomonidan be-rilib, tashqi savdo faoliyatini nazorat qilish shartlaridan biri 
hisoblanadi.
LIFO - 1. Tovar-moddiy boyliklarini so‘nggi qabul qilingan yoki tayyorlangan partiya 
bahosi bo‘yicha hisobga olish usuli. Lifoning qo‘llanilishi foyda summasini ko‘payishi yoki 
kamayishi imkoniyatini beradi. 
2. Jamg‘armachiga foiz summalarida yutuqni ta’minlovchi, bankdan jamg‘arma qismini 
muddatidan oldin olishda foizni hisoblash usuli. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling