С а р и қ л и к в а у н и н г қ и ё с и й т а ш ҳ и с и


Download 0.62 Mb.
bet1/20
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#215855
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
сариклик Lotin


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

UASH TAYYORLASH KAFEDRASI



MA’RUZA MAVZUSI:

SARIQLIK VA GEPATOMEGALIYANI QIYOSIY TASHXISLASH VA UMUMIY

AMALIYOT VRACHI TAKTIKASI.

(Tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun)




TOSHKENT – 2016


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

UASH TAYYORLASH KAFEDRASI


«tasdiklayman»

Tibbiy-pedagogika fakulteti

Dekani,professor

Xamroev A. A.

___________________

____ _____________ 2016 y

SARIQLIK VA GEPATOMEGALIYANI QIYOSIY TASHXISLASH VA UMUMIY

AMALIYOT VRACHI TAKTIKASI.

Tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun)




Toshkent – 2016

Sariqlik va uning qiyosiy tashhisi

Sariqlik – mustaqil kasallik bo‘lmay, o‘ziga e’tiborni qaratadigan murakkab patogenezli qator patologik jarayonlarni belgisidir. U shilliq qavatlar, teri va plazmaning sarg‘ayishi bilan namoyon bo‘lib, qonda ko‘p miqdorda bilirubin va uning almashinuvi natijasida paydo bo‘lgan mahsulotlar yig‘ilishi natijasida yuzaga keladi. Sariqlik dastlab ko‘z sklerasida, tilning pastki yuzasida, tanglayda paydo bo‘ladi. Keyinchalik yuzdagi burmalar, og‘iz va burun atrofidagi teri, kaft, tovonlar va nihoyat butun tana sariq rangga kiradi. Bu ketma-ketlik bilan bo‘yalish chin sariqlik bilan psevdosariqlik (yolg‘on), ya’ni karotinemiyani (sariq, zarg‘aldoq qizil ranglarda bo‘lgan o‘simlik pigmentlari «karotinoidlar» deb ataladi) farqlashda muhim ahamiyatga ega. Psevdosariqlikda dastlab kaft, tovon, teri qoplamlari sarg‘ayadi va karotinga boy mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilganda kuzatiladi. Lavlagi, bodring po‘sti, qizil sabzi, pomidor, qovoq, salat, no‘xat, suli, kepak, malina, olcha, qorag‘at (smorodina), shaftoli, mandarin, apelsin, jigar, tuxum sarig‘i, sariq yog‘ va sut kabi mahsulotlarda karotin ko‘p miqdorda mavjud. Unga kunlik talab 2-5 mg.ga teng. Haqiqiy sariqlikda kuzatiladigan teri va skleraning sariq rangga bo‘yalishi qon zardobida bilirubinning me’yoridan oshib ketishi va keyinchalik uning teri osti to‘qimalarida yig‘ilishidan kelib chiqadi. Bilirubin ta’sirida emizuvchi ayol suti, organizm bo‘shliqlaridagi suyuqliklar sariq rangga bo‘yalishi mumkin. Ko‘z yoshi, so‘lak, oshqozon shirasi, orqa va bosh miya suyuqliklari rangi o‘zgarmaydi. Sog‘lom odam organizmida kunda taxminan 1% qarigan eritrotsitlar retikulo-endotelial tizim hujayralarida parchalanib, suvda erimaydigan va buyrak filtri orqali siydikka o‘tmaydigan bog‘lanmagan bilirubin hosil bo‘ladi. U gepatotsitlar tomonidan tutilib, glyukoron kislotasi bilan bog‘lanadi va bilirubin-glyukoronid (bog‘langan bilirubin) hosil bo‘ladi. Bog‘langan bilirubin o‘t kapillyarlariga chiqadi va o‘t suyuqligiga (saproga) qo‘shiladi. Ingichka ichakda bog‘langan bilirubin urobilinogen va sterkobilinogenga aylanadi, undan najasni sariq ranga bo‘yovchi sterkobilin hosil bo‘ladi. Urobilinogen ichaklarda so‘rilib, yana jigarga qaytadi va gepatotsitlar tomonidan tutilib, o‘t kapillyarlariga o‘tadi. Jigar etishmovchiligida urobilinogen gepatotsitlar tomonidan tutilmaydi, balki siydik bilan ajralib, havo ta’sirida urobilingacha oksidlanadi (1-rasm).



1-rasm. Organizmda biluribin almashinuvi




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling