С а р и қ л и к в а у н и н г қ и ё с и й т а ш ҳ и с и
Download 0.62 Mb.
|
сариклик Lotin
Gemolitik sariqliklar
Gemolitik sariqlik – eritrotsitlarning osmotik rezistentligi va mexanik chidamliligining kamayishi hamda ularning parchalanishi bilan bog‘liq. Unda ko‘p miqdorda gemoglobin ozod bo‘lib, bir kunlik miqdori 45 g gacha (me’yorida 6,25) etadi va mos ravishda bilirubin miqdori ortib, uning 35 % ni bog‘lanmagan (konyugirlanmagan) fraksiya tashkil etadi. Erimaydigan va siydik bilan ajralmaydigan bilirubinning ushbu fraksiyasi organizm to‘qimalari uchun zahar hisoblanadi. Sariqlikning ushbu ko‘rinishi aksariyat hollarda yoshlarda uchrab, morfologik tomondan gepatotsitlarda o‘zgarishlar kuzatilmaganligi sababli jigar kam zararlanadi. Ayrim hollarda to‘satdan gemolitik kriz kuzatilib, tana haroratining ko‘tarilishi, qayd qilish, teri va ko‘z shilliq pardalarining sarg‘ayishi, taloqning kattalashishi bilan kechib, najaz va siydik rangi o‘zgarmaydi. Klinik tomondan yaqqol namoyon bo‘lmagan sariqlik, terining sariq limon tusda bo‘lishi, rangparlik belgilari xosdir. Kamqonlikning namoyon bo‘lishi eritrotsitlarning parchalanish tezligi va hosil bo‘lishi bilan uzviy bog‘liq. Odatda gemolitik kriz vaqtida kamqonlik kuchayib boradi va bemorlarda qorinda va qo‘l-oyoqlarda og‘riq, isitmalash, bosh og‘rig‘i, qon bosimining pasayib ketishi, kollaps kuzatilishi mumkin. Qonda leykotsitoz, retikulotsitlar sonining 20% gacha oshishi, konyugirlanmagan bilirubinning me’yoridan ko‘tarilishi qayd etiladi. Gemolitik sariqlikka irsiy mikrosferotsitoz, irsiy stomatsitoz, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tansiqligidan kelib chiquvchi irsiy gemolitik va autoimmun gemolitik anemiya, talassemiya, paroksizmal tungi gemoglobinuriyalar kiradi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling