O‘roqsimon xujayrali kamqonlikda - gimolitik kriz hamda yaqqol og‘riq sindromi, jigarning o‘tkir zararlanishi, o‘ng qobirg‘a yoyi ostida og‘riq, isitmalash, yaqqol namoyon bo‘lgan sariqlik belgilari kuzatiladi. Qonda transaminazalar, ishqorli fosfatazalar va bilirubinning surunkali yuqori darajada bo‘lishi qayd etiladi.
Talassemiya – gemoglabin sintezining nasliy buzilishi hisoblanib, sariqlik paydo bo‘lishi, jigar va taloq kattalashishi, bog‘lanmagan bilirubin, retikulotsitlarning oshishi, morfologik o‘zgargan eritrotsitlarning (anizo-poykilotsitoz) paydo bo‘lishi bilan kechadi. Bemorlarda gemolitik krizlar, isitmalash, suyak iligida o‘zgarishlar, jigarda sideroz, ba’zan esa fibroz kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |