Tayanch tashhisiy belgilar:
kasallikni asosan aloqa yo‘l bilan tarqalishi;
epidemik o‘choqlar shakllanishi va kasallikni guruhli kechishi;
kasallikni sentyabr–yanvar oylarida ko‘p uchrashi;
asosan bolalar yoki navqiron yoshlilarda rivojlanishi;
odatda tana haroratining yuqori darajagacha ko‘tarilishi bilan boshlanishi;
sariqlik oldi davri qisqa muddat, 4–5 kun davom etib, ko‘p hollarda dispeptik belgilar bilan kechishi;
sariqlik paydo bo‘lgach, bemor umumiy ahvolining og‘irlashmasligi, uning engil namoyon bo‘lishi va qisqa muddat davom etishi;
umumiy zaharlanish belgilarining engil bo‘lishi va kasallikning og‘ir shakllari kamdan-kam hollarda rivojlanishi;
jarayonning surunkali tus olmasligi;
qon zardobida anti-HAV-IgM aniqlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |