С а р и қ л и к в а у н и н г қ и ё с и й т а ш ҳ и с и
Download 0.62 Mb.
|
сариклик Lotin
Virusli gepatit D – delta gepatit virusi, uning tashqi qavati gepatit V virusining (HBsAg) yuzaki antigeni bilan ifodalangan. Zarra markazida tarkibida mayda RNK (genom) tutuvchi maxsus antigen (HDAg) joylashgan. Gepatit D virusi o‘z replikatsiyasi uchun gepatit V virusining obligat xelper faoliyatiga muhtoj. U asosan surunkali gepatit V bilan xasta bemorlarda uchraydi. Delta-infeksiya faqat parenteral yo‘l bilan tarqaladi.
Rivojlanish mexanizmiga ko‘ra kasallikning 3 turi farqlanadi: aralash – o‘tkir gepatit V va delta-infeksiya (koinfeksiya); surunkali gepatit V va o‘tkir VGD (superinfeksiya); surunkali gepatit delta. HBsAg tashuvchilik asosida delta-infeksiyaning o‘tkir, uzoq muddatli va surunkali kechishi farqlanadi. Gepatit V va D viruslari koinfeksiyasida kasallik xavfli fulminant shakllari kabi og‘ir kechadi. O‘tkir boshlanib, tana harorati 38–39° S ko‘tariladi, umumiy zaharlanish belgilari yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Sariqlik oldi davri 2–3 kun davom etadi. Sariqlik paydo bo‘lishi bilan bemor ahvoli yanada og‘irlashadi, gemorragik sindrom kuzatiladi, jigar va taloq o‘lchamlari kattalashadi. Klinik belgilari tez avj oladi, jigar komasi rivojlanadi, kasallikning 2–3- kuniga borib, bemor vafot etadi. Delta-infeksiya tashhisi gepatotsitlar va qon zardobida delta virusi markerlari va uning antitanachalarini aniqlash asosida qo‘yiladi. Virusli gepatitga shubha tug‘ilgan hollarda, UAV bemorga yotoq tartibi, 5-parhez dasturxoni, ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilishni tavsiya qilmog‘i lozim. Qonda bilirubin va jigar xujayra fermentlari – ALT, AST miqdorini aniqlashni buyurishi kerak. Ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lgan hollarda bemorni infeksionist maslahatiga yuborish zarur. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling