С а р и қ л и к в а у н и н г қ и ё с и й т а ш ҳ и с и


Download 0.62 Mb.
bet15/20
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#215855
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
сариклик Lotin

Virusli gepatit A (VGA) – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, antroponozlar guruhiga mansub va ko‘proq bolalarda uchraydi hamda kechishida davriylik xos. Kasallikning subklinik yoki sariqliksiz – kam belgilar bilan kechadigan shakllari mavjud. YAshirin davrning so‘nggi kunlari va xastalik boshlang‘ich davrining ilk haftasini boshidan kechirayotgan bemorlar infeksiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uning fekal-oral tarqalishi - maishiy aloqa, oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali amalga oshadi. Kasallikning yirik o‘choqlari aholini suv bilan ta’minlovchi havzalarning najas bilan ifloslanishi oqibatida yuzaga keladi va ko‘pincha kuz-qish fasllarida kuzatiladi. Gepatit A ning o‘ziga xosligi, klinik jihatdan engil kechishi va jarayonning surunkali bosqichga o‘tish xavfi umuman yo‘qligidadir. VGA, boshqa gepatitlar kabi sariqlik yoki usiz kechishi mumkin. Sariqlik oldi davri odatda 4–5 kun davom etadi. Ko‘p hollarda grippga o‘xshash va aralash kechishi, ba’zan – dispeptik va astenovegetativ shaklda kuzatiladi hamda ushbu davr tana harorati ko‘tarilishi, behollik, bosh og‘rishi, ishtaha susayishi bilan davom etadi. Sariqlik oldi davri so‘nggida peshob to‘yingan, najas esa aksincha oqish rangga ega bo‘ladi. VGA ning sariqlik davri peshob rangining to‘yinishi, skleralar, og‘iz-halqum shilliq qavati va teri sarg‘ayishi bilan boshlanadi. Behollik, uyquchanlik, ishtaha susayishi, o‘ng qovurg‘a osti sohasida simillovchi og‘riqlar kuzatiladi. Sariqlik davri davomiyligi 7–15 kun. VGA ning asosiy xos markerlari - erta anti-NAV IgM antitanachalardir. Ular qon zardobida yashirin davrning 5–10-kunidan boshlab paydo bo‘ladi va kasallikning kechishi davomida aniqlanadi. Kechki anti-NAV IgG aniqlanishi ilgari VGA boshdan kechirganligidan dalolat beradi. Kasallikka qarshi emlash deyarli doimo butun hayot mobaynida immunitet shakllanishiga sharoit yaratadi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling