Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


VA MAHSULOTNING TANNARXINI KALKULATSIYA QILISH USULI –


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/307
Sana18.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1708490
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   307
Bog'liq
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi

VA MAHSULOTNING TANNARXINI KALKULATSIYA QILISH USULI – ishlab 
chiqarilgan mahsulot yoki uning birligini tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan 
xarajatlarni hujjatlashtirish va aks ettirish usullarining yig’indisi. Xarajat obektlari boyicha – 
jarayonlar, ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to’liqligi boyicha 
– to’liq va to’liq bo’lmagan tannarxni kalkulatsiya qilish va tezkorligi boyicha – haqiqiy. 
ISHLAB CHIQARISH NORMASI - vaqt birligida tayyorlanishi lozim bo‘lgan mahsulot 
miqdorini donalar, tonnalar, metrlar va hokazolarda xarakterlaydi. 
ISHLAB CHIQARISH ZAHIRALARINING TANNARXI-bu ularni sotib olishga yoki 
ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar majmuasi.
JURNAL-ORDERLAR – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan 
holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. 
 JORIY AKTIVLARGa pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zaxiralari, debitor qarzlar va bir 
yil ichida yoki yanada qisqa muddat ichida pul mablag‘lariga aylantirish, sotish mumkin bo‘lgan 
boshqa aktivlar kiradi. 
KALKULATSIYA (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish, tayyorlangan mahsulot
qabul qilingan moddiy boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarini guruhlash usuli.
KAMOMAD deganda, inventarizasiyadan o‘tkazilgan mulk va majburiyatlar haqiqiy 
holatining hisob ma’lumotlaridan kam chiqishi tushuniladi. 


411 
KARTOCHKALAR - bular xo‘jalik operasiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va 
alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum 
shaklda tayyorlangan registrlar
KAPITALLASHTIRISH DARAJASI – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan 
hajmining aktivlar qiymatiga bog’liqlik darajasini o’rnatadigan koeffitsiyent. 
KASSIR - kassa pulni qabul qilish, saqlash va berish majburiyati Yuklatilgan javobgar 
shaxs. Kassir yozma ravishda moddiy javobgarlik haqida majburiyatni o‘zining bo‘yniga oladi. 
Kassir o‘z ishi jarayonida kassa jarayon-lari haqidagi nizomga amal qilishi zarur. Pulni qabul 
qilish va berishda kassir korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari bilan tasdiqlangan 
hujjatlarga asoslanadi. Kassadagi pul mablag‘lari hisobini kassir kassaning kitobida olib boradi. 

Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling