INKROMENT XARAJATLAR VA DAROMADLAR – qo’shimcha mahsulot guruhini
ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo’shimcha xarajatlar va daromadlar .
INNOVASIYA FAOLIYATI – bu korxonaning uni moddiy-texnika bazasini yangilash,
mahsulot (ish, xizmat) turlari va sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni kiritish va joriy qilish
bilan bog‘liq faoliyati.
INVESTITSIYA - so’zi nemischa investition, lotincha investio suzlaridan olingan bo’lib,
u kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa
tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar summasidir.
«Investitsiya» - bu foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida,
davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan
samarali foydalanib, cheklanmagan ehtiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli sohalariga
ma’lum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklar.
INVESTOR - mablagini moliyaviy qoyilma sifatida foyda olish maqsadida sarflovchi
shaxs.
INVESTISIYA FAOLIYATI – korxonaning o‘z mablag‘larini uzining moddiy texnika
bazasini yaxshilashga, shuningdek o‘zga korxonalarga yordam berish va qo‘shimcha daromad
olish maqsadida kiritish bilan bog‘liq faoliyati.
Reinvestitsiyalar – investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani ishlab
chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir.
«INVENTARIZATSIYA» so‘zi qayta hisobdan o‘tkazishni bildiradi. Korxonaning
mulkining haqiqiy holati ularni qayta sanoqdan o‘tkazish, o‘lchash, tortish, sanash yo‘llari bilan
amalga oshiriladi.
Inventarizatsiyaning turlari:
Rejali inventarizatsiya – bu korxonaning moddiy javobgar shaxslarni navbatdagi mehnat
ta’tiliga chiqarish rejasiga ko‘ra o‘tkaziladigan inventarizasiY.
Rejadan tashqari inventarizatsiya – bu ko‘zda tutilmagan hollarda, masalan favqulotdagi
hodisalar yuz berganda (o‘g‘rilik,toshqin va shu kabi hodisalar sodir bo‘lganda) o‘tkaziladigan
inventarizasiY.
Do'stlaringiz bilan baham: |