Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
Download 3.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi
SUBVENSIYA — muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan
quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari; SUBSIDIYA — tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning o‘rnini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘lari; TA’MINOT JARAYONI deganda korxonani faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, pul va boshqa mablag‘lar bilan ta’minotlash 418 tushuniladi. Ushbu jarayonsiz faoliyatning keyingi jarayonlari, ya’ni ishlab chiqarish va sotish jarayonlari amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun korxona ning doimiy faoliyat ko‘rsatishi aynan ta’minot jarayonining uzliksizligiga bevosita bog‘liqdir. TANNARX – bu mahsulot (ish,xizmat) larni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi. Tannarxga kiritilish usuliga qarab barcha ishlab chiqarish xarajatlari bevosita va bilvosita xarajatlarga bo‘linadi. Bevosita xarajatlar deganda u yoki bu ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar tushuniladi. Ularga misol qilib, masalan, non ishlab chiqarishda tuzilgan kalkulyasiyaga muvofiq bevosita sarflangan un va boshqa materiallarning xarajatlarini, bevosita non ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan ishchilarga hisoblangan ish haqi xarajatlarini, ishlab chiqarish sexining bevosita boshqa xarajatlarini keltirish mumkin. Bilvosita xarajatlar deganda korxonaning butun ishlab chiqarish faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ,lekinda aniq bir bo‘linmaning (mahsulotning) tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib bo‘lmaydigan, shuning uchun ma’lum bir tartibga muvofiq bo‘linmalar (mahsulotlar) o‘rtasida taqsimlanadigan xarajatlar tushuniladi. Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgaruvchan va shartli o‘zgarmas turlarga bo‘linadi: O‘zgaruvchan xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va kamayishigaga ko‘ra sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan xarajatlar. Masalan, material sarfi bevosita ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning miqdoriga bog‘liq, ishbay ishlaydigan xodimga hisoblanadigan ish haqi summasi esa - uning ishlab chiqargan mahsuloti(bajargan ishi)ning miqdoriga bog‘liq. Shartli o‘zgarmas xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qaramasdan summasi o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan xarajatlar. Misol qilib ishlab chiqarish qurollari va vositalari bo‘yicha shartnomaga asosan qat’iy summada to‘lanadigan ijara haqi, mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarini keltirish mumkin. Bunday xarajatlar miqdor jihatdan shartli o‘zgarmas, lekinda ishlab chiqarish hajmiga nisbatan darajasi o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab ishlab chiqarish xarajatlari asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umum ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari deganda ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish sexlari xarajatlari tushuniladi. Bunday xarajatlarga asosiy sexlarning texnologik jarayonlarida mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarilishiga bevosita sarflangan xarajatlar kiradi. Download 3.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling