Toshkent moliya insituti sirtqi fafultet mustaqil ish


Download 108.21 Kb.
bet1/2
Sana27.10.2023
Hajmi108.21 Kb.
#1727881
  1   2
Bog'liq
MUSTAQIL ISH ALIJON




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSITUTI
SIRTQI FAFULTET

MUSTAQIL ISH
Savollar :
1) Menejment fani qanday metodlardan foydalanadi?
2) “Mumtoz menejment”ning mohiyati nimada?
3) Yakka maqsadlar deganda nimani tushunasz?

JAVOBLAR





1
Menejment fani voqelikni bilishga bag‘ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‘llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob'ektni aks yettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma'lumot (fakt)lar jamlab baholanadi.
2-jadval. Menejment fanining tahlil usullar



Tahlil usullari

Mazmuni

1.  

Sistemali yondoshuv

- Boshqariluvchi ob'ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo‘lishi mumkin:
- sistemali-kompleks yondoshuv
- sistemali-funksional yondoshuv
- sistemali-tarkibiy yondoshuv
- sistemali-kommunikasion yondoshuv

2.  

Kompleks yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ekt boshqa ob'ektlar bilan o‘zaro bog‘lanishda va aloqadorlikda qaraladi

3.  

Tarkibiy yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ekt tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganiladi

4.  

Vaziyat(situasiya)li yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ektning konkre sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma'qul uslubi qo‘llaniladi

5.  

Integrasion yondoshuv

-Boshqariluvchi ob'ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo‘llash yordamida boshqariladi

6.  

Modellashtirish usuli

- Boshqariluvchi ob'ektni boshqarish bo‘yicha turli sxema, grafik va chizmalar, homaki materiallar tayyorlanadi

7.  

Iqtisodiy-matematik yondoshuv

- Optimal bozor qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo‘llash

8.  

Kuzatish usuli

- Boshqariluvchi ob'ekt to‘g‘risidagi ma'lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash usuli

9.  

Eksperiment (tajriba) usuli

- Boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob'ektga nisbatan namunaviy tajribadan o‘tgan usullarni qo‘llash

10.  

Sosiologik kuzatuv usuli

- Boshqarish maqsadida turli anketali so‘rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o‘tkazish

Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog‘liqlikda foydalanishni taqozo yetadi.
Menejment fani boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. U ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya bilan yaqindan bog‘liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llab, har bir xodimga va jamoaga ta'sir ko‘rsatishga asoslanadi.
Menejment makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog‘langandir.



Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta'rifga binoan u:


- boshqaruv hokimiyati va san'ati;
- resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o‘ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to‘g‘risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:


Download 108.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling