Toshkent moliya insituti sirtqi fafultet mustaqil ish
Download 108.21 Kb.
|
MUSTAQIL ISH ALIJON
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, ma'qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog‘liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-chizma).
Harajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar yig‘indisidir. Harajat tarkibiga: - mahsulot (xizmat) tannarxi; - ma'muriy harajatlar; - ijara va foiz to‘lovlari; - ish haqi; - soliqlar kiradi. Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste'molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Haridor harid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: -resurslar iste'molini cheklash imkonini beradi; - ishlab chiqarish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi. Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o‘rganadi: - boshqarish nazariyasi va amaliyoti; - boshqarish ob'ekti va sub'ekti; - boshqarish prinsipi va usullari; -boshqarish madaniyati; -menejer va uning fazilatlari; - menejer reytingi; - boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; - boshqarish funksiyalari; - xodimlarni boshqarish; - ishlab chiqarishni boshqarish; - samaradorlikni boshqarish; - o‘z-o‘zini boshqarish; - hududiy boshqarish va hokazolar. Maqsad — bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz, bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq, sohaga, ishga yo’naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi, pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan, boshqarish funksiyalari; boshqarish usullari; boshqarishning tuzilmaviy tarkibi; lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi. Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim. Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi. Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin. Joriy maqsadlar, deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham kamroq muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo’limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallangan quyidagi funksional joriy maqsadlar qo’yilgan bo’lishi mumkin. Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni har bir bo’linma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bo’ginlar va darajalarda boshqaruv ishonchligini oshirish kafolatini beradi, butun boshqaruvning apparat harakatlarining puxta bo’lishini belgilaydi. Istiqbol (perspektiv) maqsadlar, deganda besh yil yoki undan ko’proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan "Kadrlarni tayyorlash Milliy Dasturi"ni ro’yobga chiqarishdek ulug’vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o’z ichiga oladi: 1997—2001 — mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. 2001—2005 — milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish, 2005 va undan keyingi yillar — to’plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Uzluksiz maqsadlar, deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini o’stirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab qilinadigan maqsadlardir. Fursatli maqsadlar deganda biror-bir muammoni hal etish zaruriyati tug’ilgan hollarda paydo bo’ladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jihozlarni yangilash, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini o’zgartirish goho ishlab chiqarishning iqtisodiy zaruriyatiga qarab paydo bo’ladi. Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug’ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni yechish uchun o’rtaga qo’yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan holda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag’ni ajratish ko’rinishida bo’lishi mumkin. Boshqarishda maqsadli yondoshuv namoyandalari barcha maqsadlarni quyidagi to’rtta guruhga bo’lishadi: oddiy, qotib qolgan an’anaviy maqsadlar; muammoli maqsadlar; innovatsion maqsadlar; xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo’yicha maqsadlar. Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar bo’lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo’g’indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi. Masalan, marketing bo’limining boshlig’i oldiga quyidagi maqsad qo’yilgan bo’lishi mumkin: "Oyning oxirigacha joriy yilning so’nggi kvartalida sotilgan tovarlarni tahlil qilish va tegishli xulosalar yasash". Bu an’anaviy maqsaddir. Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug’diradi. Masalan, mahsulotga bo’lgan talabning to’satdan keskin pasayishi va sotish hajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan foydasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shunga tegishli ravishda rag’batlantirish odat tusiga kirgan bo’lsa, u holda bu korxonada o’rnatilgan boshqarish usuli ravnaq topib boraveradi. Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o’ta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos: tobe bo’lishlik; yoyib bo’lishlik; o’zaro munosabat (bog’lanish) da bo’lishlik. Maqsadning tobeligi, deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbol maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysinishi tushuniladi. Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati, deganda uning o’z mohiyati bo’yicha, amalga oshirish davri (vakti) bo’yicha, pog’onalar bo’yicha, bo’g’inlar va hokazolar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi tushuniladi. Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish) da bo’lishlik sifati deganda uning muhimligi jihatdan zanjirlanishi, tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysinishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatda bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qo’llaniladi. xullosa yakka maqsadning ham pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi. • rejalashtiriladigan maqsad qiyinchilik bilan erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshirish mumkin bo’lgan darajada bo’lishi kerak. Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik sifati deganda uning muhimligi jihatdan ranjirlanishi, tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Download 108.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling