Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini ta’minlash


Download 36.58 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi36.58 Kb.
#1325229
1   2
Bog'liq
Hayot faoliyti xavfsizligi

Yerga ulagich qarshiligi.
Yerga ulagich orqali erga oqib o'tib ketayotgan elektr toki erga ulagich qarshiligiga duch keladi. Bu qarshilik asosan uch qismdan tashkil topadi: yerga ulagichning o'zining qarshiligi, yerga uagich bilan tuproq o'rtasidagi qarshilik va tuproqning qarshiligi. yerga ulagichning o'z qarshiligi va erga ulagich bilan tuproq o'rtasida paydo bo'ladigan qarshilik tuproqning tok o'tkazishiga ko'rsatadigan qarshiligiga nisbatan juda kam miqdorni tashkil qiladi. Shuning uchun biz yerga ulagich qarshiligini hisoblaganda tuproqdagi qarshilikni hisoblash bilan cheklanamiz.
I=U/R
Har qanday yerga ulagichning umumiy qarshiligi Om qonuni asosida hisoblab topiladi: U=I R; bunda U – kuchlanish, I – yerga ulagich orqali oqib o'tayotgan tok (A), R – erga ulagich qarshiligi (Om).
Texnika xavfsizligi shartiga binoan erga ulagich iloji boricha kam qarshilikka ega bo'lishi kerak. Shuning uchun va yana bir qancha mulohazalar asosida (qadam kuchlanishi) sanoat korxonalarida kontur asosida joylashtirilgan erga ulagichlar guruhidan foydalaniladi. Agar inson tanasining har qanday qismi elektr tarmog'iga tushib qolsa, uni tok urish xavfi paydo bo'ladi. Bunday xolatni chizma ravishda tasvirlab, tokka tushib qolishni ikki faza orasiga tushib qolish hamda bir fazali tokka tushish bilan belgilash mumkin.
Odam bir fazali tokka tushib qoldi deb faraz qilaylik. Unda tokning oqish yo'li fazadan odam tanasi orqali erga o'tib ketishi mumkin.
Sanoatda qo'llaniladigan elektr toki asosan 380 V kuchlanishga ega bo'ladi. Bunday tok uch fazadan iborat bo'lib, har bir faza erga nisbatan 220 V kuchlanishga ega bo'ladi. Bunday tokka tushgan odam tanasidan oqib o'tgan tok miqdorini Om qonuni asosida aniqlash mumkin.
I=U/R
Bunda I – odam organizmi orqali oqib o'tgan tok miqdori; U – fazaning kuchlanishi; R – tok oqib o'tishiga ko'rsatiladigan qarshilik. Bir fazaga tushib qolgan odam uchun kuchlanish 220 V ni tashkil qiladi. R esa qator qarshiliklar yig'indisidan tashkil topadi
R=Rt + Rn + Ro + R1
Bunda Rt – odam tanasining qarshiligi, texnik hisoblarda 1000 Om qabul qilinadi; Rn – odam turgan polning qarshiligi, agar yog'ochdan bo'lgan Pol bo'lsa, uning qarshiligi 20000÷60000 Om oralig'ida bo'ladi; Ro – oyoq kiyim qarshiligi, bu qarshilik ham oyoq kiyimining materialiga qarab 20000÷50000 Om atrofida; R1 – sim (neytral)ning erga ulangandagi qarshiligi (odatda umuman har qanday erga ulagich qarshiligi 4 omdan katta bo'lmasligi talab qilinadi).

Agar biz elektr toki ta'sirida bo'lgan odam o'tkazgichdan iborat polda tursa, oyoq kiyimi ham elektr o'tkazuvchi bo'lsa, unda bo'ladi. Bu miqdordagi elektr toki inson uchun xavfli hisoblanadi (fibrilyasiya tokiga nisbatan 2,2 marta ko'p).
Shunday holatda elektr tokiga tushib qolganda ba'zi bir omillar bunday tokning zararlash natijasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Masalan elektr tokiga tushib qolgan odam quruq yog'och polda va oyog'ida tok o'tkazmaydigan rezina oyoq kiyimi bo'lsin. Unda odam tanasidan o'tib ketgan tok miqdori bo'ladi.

Bu esa inson tanasi uchun uzoq muddat ta'sir ko'rsatganda yo'l qo'yiladigan miqdorlan kam. Bundan tashqari rezinadan qilingan oyoq kiyimi va qurq yog'och Pol hisoblashda qabul qilingan qarshilikka nisbatan ko'proq qarshilikka ega bo'lganligini hisobga olsak, bu miqdor yanada kamayadi.
Ushbu misollardan ko'rinib turibdiki, elektr tokining zararli ta'sirini kamaytirishda odam oyoq kuyib turgan Pol va uning oyoq kiyimi hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Agar elektr tokiga tushib qolish uch fazali va uch simdan neytrali izolyasiya qilingan, er bilan o'tkazgich orasidagi elektr sig'imi katta bo'lmagan holatda yuz bersa, unda odam tanasi orqali oqib o'tgan tok, elektr manbaiga izolyasiya qilingan o'tkazgich orqali qaytib keladi, o'z-o'zidan ma'lumki, izolyasiya qarshiligi katta.
Yerga ulab muhofaza qilish.
Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo'lish xavfi bo'lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat'i nazar, uning korpusini erga ulab qo'yiladi va bu elektr qurilmalarini erga ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo'lsa, uni erga o'tkazib yuborishdan iborat .
Elektr qurilmalarni erga ulab muhofaza qilishning asosiy xususiyati, qurilma korpusiga o'tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida potentsiallar ayirmasi hosil bo'lmasligi ta'minlashdan iborat.


Nolga ulab muhofaza qilish.
Elektr qurilmalarining tok o'tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo'yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g'altagining neytral qismlarini mustahkam erga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birlikda to'rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo'ylab tortib boriladi va iloji boricha ko'proq (ma'lum masofalarda) erga ulab boriladi. Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi erga ulab muhofaza qilishniki bilan bir xil, ya'ni elektr asbobi korpusiga oqib o'tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolgan ulab muhofaza qilishning ishlash uslubi shundayki, korpusga o'tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa to'qinish vujudga keltirish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi va buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o'rnatilgan saqlovchi eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o'chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr toki uzib qo'yiladi. Bunday vazifani bajaradigan saqlovchi eruvchi qurilmalar yok avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma'lum miqdorda oshishiga mo'ljallab o'rnatib qo'yiladi.
Xulosa.

Men bu mustaqil ishimda Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Elektrni odam tanasiga ta’siri elektr tokidan himoyalanish, saqlanish, shaxsiy ximoya vositalari, tok ta’siriga tushgan odamni qutqarish 1 – yordam ko’rsatish haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim.



Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Yormatov g va Isomuxammedov yo . – Mexnat muhofazasi. Toshkent. "Mexnat", 2002 y.


2. Правилв техники безопасности при эксплуатации электроустановок. M. 1988г.
3. Yuldoshev u va boshqalar – mexnatni muhofaza qilish. "Mexnat". 2001 y.
4. Юдин Е.Я. – Охрана труда в машиностроение. М. 1983 г.
Download 36.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling