Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari
Download 191.71 Kb.
|
3 mavzu
Gruppa usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan, vaqti va sodir bo'lgan joyi, baxtsiz hodisaning xususiyatini va h.k.) gruppalangan holda, takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Topografik usul. Bu usul ham gruppa usulining ko'rinishlaridan biri bo'lib, quyidagi hollarda qo'llaniladi: gmppa usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma'lumotlarni har xil shaitli belgilar bilan belgilab (masalan, H-I), ish uchaskalarining planida baxtsiz hodisa yuz bergan joylarga qo'yib chiqiladi. Bu usulda ma'lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko'rgazmali ma'lumot olinadi. Har qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish ham olingan materialni, asosan baxtsiz hodisa haqida tuzilgan H-I formadagi aktni har tomonlama o'rganiladi. Akt bo'yicha baxtsiz hodisa yuz bergan joy, jarohatlanish tavsifi, og'irlilik darajasi, sutkaning qaysi vaqtida yuz berilganligi haqidagi ma'lumotlar bo'yicha taqsimlanish belgilari aniqdanadi. Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz hodisalar kechki smenada va ishchilarning ish staji kam bo'lganlariga, 50% atrofida baxtsiz hodisalar to'g'ri keladi. Bularni hisobga olib, baxtsiz hodisalarni kamaytirishning amaliy tadbirlarini ko'rish imkoniyati tug'iladi. Bu usulning mohiyati, baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim sex uchastka yoki ishlab chiqarish xonasini chuqur va har tomonlama o'rganish asosida olib boriladi. Asosiy diqqat-e'tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitar-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Ushbu korxonalarda ro'y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o'rganiladt. Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo'yicha ham o'tkaziladi. Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo'lgan potensial baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan bunday korxonalarda aynan o'xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasliklarini ta'minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyhalanayotgan sarioat koixonalarida texnologik jarayonlarni o'zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko'riladi. Sanoat jarohatlanishi sabablarini tahlil qilish Baxtsiz hodisalarni qayd qilish va hisobga olish baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqdash imkoniyatini bermaydi, faqat baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun material bo'la oladi. Ishchining ish sharoitida ishlash faoliyatini o'rganish, uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o'rtasida bog'lanish borligini aniqlash imkoniyatini beradi. 28-rasm. Ishchi ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o'rtasidagi bog’lanish. Bu bog'lanish grafik shaklida 30-rasmda ko'rsatilgandek o'zgaradi. Ya'ni ishchi ish boshlagandan keyin yarim soat davomida ish maromiga tushmagan va sozlanmagan holatda bo'ladi. Yarim soatdan keyin ish maromi muvofiqlashadi va bir me'yorda taxminin 3,5 soat davom etadi, so'ngra yana pasayish boshlanadi. Baxtsiz hodisalarning yuz berishi ham xuddi shu grafik asosida borishi aniqlandi. 4 soat davomida ishchi charchashi hisobiga ish qobiliyati kamaysa, xuddi shu charchash hisobiga baxtsiz hodisalar ham vujudga keladi. Download 191.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling