Ishlab chiqarishni boshqarish


Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari


Download 133.5 Kb.
bet6/8
Sana01.05.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1419235
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ishlab chiqarishni boshqarish

Sifat menejmenti. Sifatni nazorat qilish bosqichlari
Sifat menejmenti mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat haqida qayg’urishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan sifatni boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarishgacha - konstruktsiyalash, samarali texnologiyani, standartlarni ishlab chiqish va hk.;

  • ishlab chiqarish jarayonida - bu erda yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarishga yo’l qo’ymaslik;

  • ishlab chiqarishdan keyingi bosqich - saqlash, sotish, tashish, xizmat ko’rsatish va boshqa jihatlar ustidan qattiq nazoratni o’rnatish.

Sifatni nazorat qilish ham uch bosqichdan iborat:

  • kelayotgan xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va butlovchi qismlarni tekshirishdan iborat bo’lgan kirish nazorati;

  • ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar parametrlarni tekshirishdan iborat ehtiyot yoki joriy nazorat;

  • tayyor mahsulotni tekshirishga qaratilgan qabul qilish nazoratlariga bo’linadi.

Sifatni nazorat qilish - mahsulot sifati ko’rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirishdir.
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin.Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga erishish natajalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” – harakatlik, ishlab chiqaruvchilar zaruriy natijani beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada, siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajmi yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi.
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida hohlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi:
- boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi;
boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi;
boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalgam oshirish);
boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarish boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda);
boshqaruv mehanizmining samaradorligi(uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali boshqaruv shakllari). Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir tushunchaning mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi. Samaradorlikning o’z mazmuni va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsifga ega holat sifatida urg’u beriladi. Samaradorlik turlari har xil maqsadlarni (o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy va iqtisodiy) ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va mazkur doirada namoyon bo’ladi: ishlab chiqarish doirasida va iste’mol doirasida. Birinchi holatda xo’jalik hisobida boshqaruv samaradorligi (korxona, firma), ikkinchidan esa, xalq xo’jaligidagi boshqaruv samaradorligi ilg’or boshqaruv tizimini solishtirma baholash va tanlash, rejalashtirish, takomillashtirish va boshqaruvni rivojlantirish uchun xizmat qilish mumkin. Ob’ktni baholashga bog’liq holda samaradorlikning to’liq (umumiy) va lokal (xususiy) turlarga bo’lish mumkin(11-jadval). Birinchi holda boshqaruv tizimini samaradorligi aniqlanadi. Ikkinchidan – boshqaruv resurslarini alohida turlaridan foydalanish samaradorligi (mehnat axborot moddiy) aniqlanadi.
Menejment samaradorligining turkumlanishi
Ko’rsatkichlar Samaradorlik turlari Samaradorlik mazmuni Iqtisodiy, ijtimoiy namoyon bo’lish doirasi Xalq xo’jaligida, xo’jalik hisobida Baholash ob’ekti To’liq (umumiy), lokal (xususiy) Maqsadli mazmuni Rejali, haqiqiy, me’yoriy (potensial) loyihali Hisob – kitob usuli Absolyut (mutloq), solishtirma
Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligini shakllantirish Operativlik, tashkillashtirish va tejamkorli- boshqaruvning yuqori samaradorligining muhim shartidir. Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi birligi, uning samaradorligini sifat tavsilotlari orqali tarmoq konsern va korxonada qo’llanilishini ifodalaydi.
2. Boshqaruv samaradorligi iqtisodiy ko’rsatgichlari Ko’rsatkich tushunchasi baholanayotgan predmetning, ob’ektning qandaydir xususiyatlarini, jihatlarini, tomonlarini tavsiflaydi. Boshqaruv samaradorligini belgilaydigan ko’rsatkichlarni uch guruhga bo’ish mumkin:
1. Texnikaviy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruvning texnik vositalarini (dastgohlar, hisoblash texnikalari va boshqalar) foydalanishning sifatlarini, belgilarini va ulardan foydalanish darajasini aniqlaydi.
2. Tashqiliy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv jarayoninig tuzilishi, tashqiliy tuzilma, axborot va hujjatlar bilan ishlashni aniqlovchi tavsifga egadir.
3. Ijtimoiy ko’rsatkichlar. Bu tur ko’rsatkichlar boshqaruv apparatining mehnat shartlarini, sanitariya gigiena, ruhiy, fiziologik, estetik tomonlarini va mehnatining ijtimoiy omillarini aniqlaydi.
Boshqaruv samaradorligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagilardir:
- yillik iqtisodiy samara (keltirilgan harajatlar tejamkorligi);
- boshqaruvni takomillashtirishda birvaqtli harajatlarini qoplash muddati;
- boshqaruv apparati mehnet unumdorligining o’sishi.
Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi
Boshqaruvni ijtimoiy samaradorligini miqdoriy bahosida mulkiy taqqoslash tavsifi va alohida xususiy yo’nalishlarga e’tiborlik xususiyati o’z ifodasini topadi. Boshqaruv apparatining mehnat unumdorlkigida muhim holat sifatida ishchilarning umumta’lim darajasini va malakasini oshirish, moddiy – maishiy sharoitlarini yaxshilash va boshqalar nazarda tutiladi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruvni takomillashtirishda boshqaruv apparatining mehnat va moddiy xarajatlarini kamaytirish, ijtimoiy – iqtisodiy omillarni qo’llash, ya’ni boshqaruv xodimlarining mehnat faolligini oshirish yoki mehnt qobiliyatlari susayishining oldini oluvchi, xodimlar qo’nimsizligini kamaytiruvchi va ishlovchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilovchi tadbirlarni joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bozor sharoitida boshqaruvni ijtimoiy yo’nalishi kuchaytiriladi: boshqaruvni rivojlantirish moddiy – texnika bazasidan ijtimoiy – madaniy yo’nalishda foydalanish, korxonaning mulkchilik vositalari ahamiyatini, ishchilarning moddiy – maishiy sharoitlarini oshirish, ta’lim olish, madaniy vama’naviy vazifalarni chuqurlashtirish.
Menejer bozor munosabatlarida xo’jalik mehanizmini ijtimoiy, iqtisodiy va rag’batlantiruvchi omillarni, mehnat jamoasi tavsifini, kuch va malaka vositalarini qo’llash va takomillashtirishning sir – asrorlarini to’la o’zlashtirib olsagina boshqaruv faoliyatining samaradorligi va natijalarini ta’minlash muhiti yaratilar ekan.



Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling