Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish
Xomashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan
Download 35.06 Kb.
|
Ishlab chikarishni ijtimoiy tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
Xomashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan kombinatlashtirish eng rivojlangan ishlab chiqarish bo’lib juda katta iqtisodiy ahamiyatga egadir. Chunki bu shaklda xomashyo, materiallar va chiqindilardan to’la-to’kis foydalanish mumkin bo’ladi. Kombinatlashtirishning bunday zarurligi xomashyo tarkibida turli elementlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Masalan, Ohangaron rudalarining ko’p qismi kompleks, polimetallik tavsifga ega bo’lib, ulardan ba’zi bir elementlarning qiymati mis qiymatidan 9-10 barobar yuqoridir. Hozirgi zamon texnika va texnologiyasi yordamida u yerda mis bilan birga oltingugurt, qalay, qo’rg’oshim, oltin, selen, telur va boshqa bir qator nodir buyumlar olinmoqda.
Alohida kombinatning rivojlanish darajasi o’sha kombinat qamrab olgan tarmoqlar va ishlab chiqarish stadiyalarining soni bilan tavsiflanadi. Shu sababli odatda to’la-to’kis va to’la bo’lmagan kombinatlarni farqlaydilar. Masalan, to’la-to’kis to’qimachilik kombinati barcha bosqichlar (yigirish, to’qish va pardozlash) ni qamrab oladi. To’la bo’lmagan to’qimachilik kombinati esa o’z ichiga bir yoki ikki bosqichni oladi. O’zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatlashtirish juda yuqori darajaga ko’tarilgan. U ayniqsa metallurgiya, kimyo, to’qimachilik va oziqovqat sanoatida keng tarqalgan. Respublikada bu tarmoqlarga taalluqli juda yirik, dunyo miqyosida tan olingan kombinatlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular jumlasiga Navoiy tog’-kon metallurgiya kombinati, Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati boshqalarni kiritish mumkin. Qisqacha xulosalarIshlab chiqarishni konsentratsiyalash - bu ishlab chiqarishning tobora yirik korxonalarda jamlanish jarayonidir. Ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasi katta korxonalarning butun tarmoqda umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi solishtirma og’irlik ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Ko’p ukladli va ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotida kichik va o’rta korxonalar mahsulotlarining solishtirma og’irligini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Katta, o’rta, kichik korxonalarni birga olib borish ijtimoiy taraqqiyotning ko’pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini to’g’ri yechish uchun yordam beradi. Sanoatning ixtisoslashuvi muayyan mahsulot ishlab chiqaruvchi va o’ziga xos ishlab chiqarish apparati, texnologik jarayon va ixtisoslashgan kadrlar bilan tavsiflanuvchi tarmoq va ishlab chiqarishning ajratilishi bilan ifodalanadi. Ishlab chiqarishni kooperativlashtirish - bu muayyan bir mahsulotni hamkorlikda ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasidagi ishlab chiqarish aloqalaridir. Kombinatlash - bu yoki xomashyoni qayta ishlovchi ketma-ket bosqichlardan iborat yoki yordamchi ahamiyatga ega bo’lgan turli sanoat tarmoqlarining bir korxonada birlashishidir. U xomashyoni va materiallarni muntazam bosqichlarda qayta ishlashni, ularni kompleks ravishda ishlatishni ta’minlaydi hamda kamchiqimli va umuman chiqindisiz texnologiyalarni joriy qilishga imkoniyat tug’diradi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sanoatning mamlakat hududi bo’ylab geografik joylashtirilishiga chuqur o’zgarishlar kiritdi. Sanoat ishlab chiqarishining joylashtirilishi ko’pukladli iqtisodiyot va bozor munosabatlariga o’tish qonuniyatlariga tayangan tamoyillarga muvofiq holda amalga oshirilmoqda. Sanoatning to’g’ri joylashtirilishi - butun ijtimoiy ishlab chiqarish o’sishini tezlashtirishning va respublika xavfsizligini ta’minlashning eng muhim shartlaridan biridir. Qurilish rayoni va joyini asoslashda qurilish, shuningdek, yaratilayotgan obyektning keyinchalik qilinadigan eksplutatsiyasining nominal tejamkorligi hisobga olinadi. Download 35.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling