Ishlab chiqarishni loyihalash Reja
Download 26.47 Kb.
|
Ishlab chiqarishni loyihalash
Ishlab chiqarishni loyihalash Reja: Kirish. Asosiy masalalar. Loyihalash uchun topshiriq. Loyihalash bosqichlari. Korxona qurish uchun joy tanlash. Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Mamlakatimiz iqtisodini rivojlantirish turli sohalarga zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish orqali amalga oshirilmoqda. O'z navbatida ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga yangi texnikani yetkazib beradigan mashinasozlik mamlakatning texnik jihatdan rivojlanishini belgilaydi, shuning uchun ushbu sohaga vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo hamjihatlik tushunchalariga ega bo'lgan, mehr-muruwatli, adolatli, vijdonli, irodali, vatanparvar, tadbirkor va tashabbuskor yetuk mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masaladir. Mamlakatimizdagi zamonaviy «UzDEU avto» va «Sam Koch Avto» kabi mashinasozlik korxonalari fan va texnikaning eng ilg'or yutuqlari asosida loyihalangan bo'lib, bunday loyihalarni bajaradigan mutaxassislarni tayyorlash O'zbekiston Respublikasi «Ta’lim to'g'risida»gi qonunida belgilangan ta'limning uzluksizligidan kelib chiqqan holda oliy ta’limning bakalavriatura bosqichida 5140900 - Kasb talimi (mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishlari jihozlari va ularni avtomatlashtirish) va 5520600-mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishlari jihozlari va ularni avtomatlashtirish ta’lim yo'nalishlari bo'yicha «Mexanika-yig'uv sexlarini loyihalash» fanida hamda magistratura bosqichida 5A520601-mashinasozlik texnologiyasi mutaxassisligi bo'yicha «Mashinasozlik sexlari va korxonalarini loyihalash» fanida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talabalar oliy ta’limning bakalavriatura bosqichida mexanika-yig'uv sexlarini loyihalashda ko'riladigan asosiy masalalar, sexni rejalashtirishda bajariladigan hisob-kitob ishlari, jihozlar va ish joylarini rejalashtirish, sexning transport tizimini, sexga xizmat ko'rsatuvchi xonalarni, ombor tizimini loyihalash hamda texnik xizmat ko'rsatish va qirindilarni qayta ishlash tizimlarini loyihalash masalalari bilan shug'ullanishadi, shu bilan birga sexning sanitar-gigienik shartlari, mehnat madaniyati to'g'risida ma’lumotlar olishadi, magistraturada esa zamonaviy mashinasozlik korxonalarini va sexlarini loyihalash, ularni takomillashtirish bo'yicha ilmiy yo'nalishdagi bilim va konikmalarga ega bo'lishadi. Download 26.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling