Ishlab chiqaruvchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Gematologiya


  1.4. Trombositopoez. Trombositlarni sanash


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/34
Sana09.06.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1473285
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
Gematologik kasalliklar sitologik diagnostikasi o\'quv uslubiy qollanma (1)

 


21 
1.4. Trombositopoez. Trombositlarni sanash 
usullari.Trombositozlar.Trombositopeniyalar. Trombosit qator 
patologiyasida qon va suyak ko‘migi sitologik diagnostikasi. 
Mashg’ulot maqsasi: trombositopoez bilan tanishish, trombositlar sanash 
usuli, trombositoz, trombositopeniya, qon va suyak ko‘migining trombositar qator 
patologiyasini sitologik tekshirishni o‘zlashtirish. 
Organizmda 
trombositlar 
shakllanish 
jarayoni 
trombositopoez 
deb 
ataladi.Trombositlarning ona hujayrasi megakariositar hujayra hisoblanadi. 
Megakariositar hujayra elementlari suyak ko‘migidagi mieloid oldi 
hujayralaridan hosil bo‘ladi, differensiallanadi va yetiladi. Megakariositopoez 
asosiy stimulyatorlari: IL-1, IL-3, IL-4, IL-6, IL-11, kolloniya stimullovchi 
omillar, eritropoetin, trombopoetin.
Trombositopoez teskari bog’ prinspiga asoslangan: qondagi trombositlar 
ko‘payishi trombositopoezni to‘xtatadi, trombositopeniya trombositlarning hosil 
bo‘lishini stimullaydi. Suyak ko‘migida megakariosit hujayra bir qancha 
morfologik 
differensiya 
bosqichlaridan 
o‘tadi: 
megakarioblastlar, 
promegakariositlar va megakariositlar. Megakariositar qator hujayralarining 75-
85% ini megakariositlar, 10% ini megakarioblastlar, 15% ini promegakariositlar 
tashkil etadi. 
Megakariosit - gigant poliploid 
hujayra bo‘lib, diametri 60-120 
mkm.Megakariosit 
polimorf 
yadroli, 
keng, 
pushti 
rangli 
sitoplazmali, 
trombositlarni saqlovchi katta hujayradir. 
Megakariositlarning asosiy vazifasi trombositlarni hosil qilish va ularning 
sonini doimiy saqlashdir. Bitta megakariositdan 5000 gacha trombositlar 
ajraladi.Normada 60-70% megakariositlar faol, ya’ni trombositlarni hosil 
qiladi.Trombositlarning taxminan 80% qonda, 20 % esa taloqda bo‘ladi. 
Trombositlar 7-8 kun yashaydi. 
Trombosit yadrosiz, 2-4 mkm diametrli hujayra bo‘lib, gemostaz va qon 
ivishda ishtirok etadi. Sog’lom odamda trombositlar soni 180-320x10
9
/l. 


22 
Trombositlar yyumaloqva oval shaklda, sitoplazmasi och binafsha rangga 
bo‘yalgan gialomer va markaziy pushti - binafsha rangli granulomer qismlardan 
tashkil topgan.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling