Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval Aholini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan nazariy qarashlar evolyusiyasi
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davrlar Ilmiy maktab G‘oya namoyondalari
2.1-jadval
Aholini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan nazariy qarashlar evolyusiyasi35
N.Bolotina fikricha «ijtimoiy himoya tushunchasi ijtimoiy xavf-xatarning salbiy oqibatlaridan xavfsizligini taʼminlash uchun davlatning ijtimoiy himoyalash faoliyatidir»36. Ikkinchi tarifga asosan ijtimoiy himoya davlatning ijtimoiy funksiyalari mazmuni va mamlakatda fuqarolarning asosiy ijtimoiy huquqlarini taʼminlash bo‘yicha iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy choralar tizimi hisoblanadi. Ijtimoiy himoya aholini ijtimoiy risklarning salbiy oqibatlaridan himoyalash uchun huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy vosita va choralar tizimini qamrab oladi. Iqtisodiy adabiyotda «ijtimoiy himoya» va «ijtimoiy havfsizlik» tushunchalari turli ilmiy tortishuvlarga sabab bo‘ladi. Ayrim iqtisodchilar ushbu tushunchalarni sinonim desalar, boshqalar esa ijtimoiy himoya ijtimoiy xavfsizlikni ham qamrab oluvchi kengroq tushuncha, deb hisoblaydilar. «Ijtimoiy himoya» tushunchasi ijtimoiy taʼminot bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning bepul uy-joy olish (yoki arzon narxlarda uy-joy sotib olish) huquqini, turmush darajasi, sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqni, taʼlim olish huquqini o‘z ichiga qamrab oladi. Xalqaro andozalarga muvofiq, «ijtimoiy himoya, tibbiy yordam, tibbiy sug‘urta, oilani, ona va bolani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish huquqini o‘z ichiga oladi»37. «Insoniyat taraqqiyotining istalgan bosqichida, odatda, inson mehnatga layoqatsizlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlamasdan yashay olmasligini hisobga olish adolatdan bo‘ladi»38. Shu sababli, ijtimoiy himoyalanishning ijtimoiy xavf-xatarlar oqibatida shakllanadigan fuqarolarning ijtimoiy maqomini, ularning umum eʼtirof etilgan huquqlarini belgilaydigan shartlarga muvofiq ijtimoiy himoyani jamiyatning asosiy vazifasi sifatida sharhlash maqsadga muvofiq. Iqtisodchi-olim R.Djumanova tadqiqotlarida aholi turmush darajasini oshirish va sifatini yaxshilash yo‘nalishlariga eʼtibor qaratadi. «Insonlarning taʼlim olganlik darajasi ularning o‘z sixat-salomatligi bilan to‘g‘ri proporsional»39 ekanligini taʼkidlaydi. Jumladan, mamlakatimiz 2030 yilga qadar yuqori o‘rta daromadli davlatlar qatoriga kirish uchun ijtimoiy sohani moliyalashtirish ko‘lamini jiddiy kengaytirishning dolzarbligini asoslab beradi. N.Xasanxonova aholining ijtimoiy farovonligini taʼminlashda ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatadi: «taʼlim, fan-texnika taraqqiyoti va sog‘liqni saqlash»40. N.Majidov, U.Rayxanovlar ijtimoiy sohani moliyalashtirishda ijtimoiy sug‘urtaga alohida eʼtibor qaratadilar. Jumladan, «ijtimoiy himoya choralari iqtisodiyotning ehtiyojlariga muvofiq ishchi kuchini takror ishlab chiqarishni yaxshilash imkonini beradigan eng maqbul vositaga aylandi»41, degan xulosaga keladilar. Shu bilan birga, YAIM hajmidagi ijtimoiy xarajatlarning ulushi ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyatda aholining turli tabaqalari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi teng bo‘lmasligini taʼkidlab o‘tadilar. Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda ijtimoiy sohani moliyalashtirish va aholini ijtimoiy himoya tizimini shakllantirishda ish haqi va unga nisbatan soliq siyosatining qo‘llanilishida yagona yondashuv mavjud. Ijtimoiy himoya tizimini shakllanishida yagona yondashuvlar mavjud bo‘lsa-da, jamiyatda aholi daromadlarni taqsimlashda farqlar mavjud. Aholini ijtimoiy himoya qilish – bu davlatning aniq maqsadli, aholining normal yashash sharoitlarini taʼminlovchi ijtimoiy kafolatlar tizimidir. Aholini ijtimoiy himoya qilish keksalikni, mehnatga layoqatsizlikni yoki boquvchisini yo‘qotishni sug‘urtalash (pensiya taʼminoti), kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar (bolalar uchun nafaqalar), vaqtinchalik ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (ishsizlik nafaqalari), moddiy taʼminlanganligi va xizmatlarini hisobga olgan holda aholining ayrim toifalari uchun imtiyoz va qulayliklar (patronaj xizmatlari ko‘rsatish, mahsulot, dori-darmonlarni yetkazib berish va h.k.) berish, onalikni himoya qilish (tug‘ruqgacha va tug‘ruqdan keyingi mehnat taʼtillari), salomatlikni sug‘urtalash (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari), taʼlim olayotgan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash (nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez-ortopedik markazlar) tizimi orqali taʼminlanadi. Jahonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi, ijtimoiy taʼminotini amalga oshirish va aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning shartli ravishda ikki tizimini farqlash mumkin. Birinchisi, sug‘urtalash tamoyillariga asoslangan (Yaponiya, Filippin va AQSH ushbu mamlakatlarda ijtimoiy himoya ustun darajada xususiy sektor, homiy tashkilotlar va jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi), ikkinchisi esa davlat budjeti tomonidan moliyalashtirishga asoslangan (Yevropa davlatlari, Germaniya, Daniya va boshqa mamlakatlarda ijtimoiy himoya asosan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi) tizim. Ijtimoiy himoya, bir tomondan, funksional tizim, yaʼni amalga oshiriladigan yo‘nalishlar tizimi, ikkinchi tomondan, uni taʼminlaydigan muassasalar tizimi (davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari) hisoblanadi. Har qanday davlatda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini amalga oshiradigan ijtimoiy muassasalar tizimi mavjud. Ijtimoiy himoya funksiyalarini bajarishda sug‘urta komaniyalari, turli ixtisoslashtirilgan jamg‘armalar, xayriya tashkilotlari, ijtimoiy guruhlar va aholi segmentlarini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlovchi jamoat va siyosiy tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ijtimoiy himoya fuqarolarning turmush farovonligi, rivojlanishi va xavfsizligi uchun masʼul bo‘lgan davlat ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning tamoyillari – bu har bir fuqaro yoki oilaga faqat ularning daromadlari, turmush darajasi, ijtimoiy foydali mehnat davomiyligi va sifatini baholashdan kelib chiqqan holda yordam berish, muhtoj fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishda xalqaro huquq va umuminsoniy meʼyorlariga, milliy qadriyatlarga qatʼiy amal qilishdan iborat. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta tizimi aholini mehnatga layoqatlilik va daromadlarni yo‘qotish bilan bog‘liq turli xavf-xatarlardan ijtimoy himoya qilish shaklidir. Ijtimoiy sug‘urta uchun xos xususiyat uning davlat ko‘magida ish beruvchilar va xodimlarning maqsadli badallari, maxsus budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan moliyalashtirilishini nazarda tutadi. Iqtisodiy adabiyotda ijtimoiy himoya tushunchasi deganda, fuqarolarni turli xil ijtimoiy tahdidlardan (ishsizlik, qashshoqlik, kasallik va boshq.) himoya qilish uchun davlat, jamiyat, korporatsiyalar, jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan turli chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy shakllarini quyidagi 2.1-rasm orqali tasvirlash mumkin: Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling