Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida ijtimoiy risklarni boshqarish bosqichlari
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Risklarni aniqlash Risklarni baholash Risklarni nazorat qilish
- Nazorat savollari
2.4-jadval
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida ijtimoiy risklarni boshqarish bosqichlari64
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, jamiyatda aholini ijtimoiy himoya qilishga karatilgan ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy taʼminotning muvozanatli tizimlarining mavjudligi mamlakatning mehnat resurslarini ko‘paytiradi, iqtisodiy o‘sishning milliy salohiyatni oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarningmuvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, jamiyatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash imkoniyatini beradi. Jumladan, ijtimoiy sug‘urtaning elementi bo‘lgan tibbiy sug‘urta esa – fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, tibbiy, sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning majmuasidan iborat. Tibbiy sug‘urtaning insonning uzoq muddatli davrda ruhiy, jismoniy sihat-salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, inson sog‘lig‘ini yo‘kotgan vaziyatda unga tibbiy yordam ko‘rsatishni taʼminlashga qaratilgan. Nazorat savollari 1.Ijtimoiy sug‘urtaning mohiyatini tushuntirib bering? 2.Ijtimoiy sug‘urtaning muhim jihatlari aytib bering? 3.Ijtimoiy xavf-xatarlarning muhim ko‘rinishlari qanday? 4.Ijtimoiy sug‘urtaning tashkil topishi haqida gapirib bering? 5.Ijtimoiy sug‘urta qaysi qoidalar asosida tartibga solib boriladi? Test 1.Ijtimoiy sug‘urtaning funksiyalariga nimalar kiradi? A) Ijtimoiy himoya, qayta taqsimlash, jamg‘arish, sug‘urta to‘lovlari va takror ishlab chiqarish B) Jamlash, xayriya qilish va Ijtimoiy adolat S) Ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam va qayta taqsimlash 2. Ijtimoiy sug‘urta fondlari qanday moliyalashtiriladi? A) ish beruvchi va yollanma ishchilarning maqsadli badallari asosida shakllangan maxsus budjetdan tashqari fondlar tomonidan moliyalashtiriladi B) yollanma ishchilarning maqsadli badallari asosida shakllangan maxsus budjetdan tashqari fondlar tomonidan moliyalashtiriladi S) maxsus budjetdan tashqari fondlar tomonidan moliyalashtiriladi 3. Ijtimoiy sug‘urta qanday shakllarga bo‘linadi? A) ixtiyoriy va majburiy B) Xususiy va aralash S) Kasallik va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa 4. Ijtimoiy sug‘urtaning turlari kaysilar? A) Pensiya sug‘urtasi, ishsizlik sug‘urtasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasi B) Mol-mulk sug‘urtasi, ishsizlik sug‘urtasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasi S) Xayot sug‘urtasi, Pensiya sug‘urtasi, ishsizlik sug‘urtasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasi 5. Halqaro Mehnat Tashkilotining «Ijtimoiy taʼminotining minimal meʼyorlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasi qachon qabul qilingan? A) 1952 yilda B) 1990 yilda S) 1980 yilda Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling