Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.8 Mb.
bet26/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

Mustaqil ish mavzulari
1.Ijtimoiy risklarni boshqarish tizimida sug‘urtaning roli.
2.Ijtimoiy riskning iqtisodiy mohiyati, tushunchasi va uning ko‘rinishlari.
3.Ijtimoiy risklarni boshqarish davlat tamoyili sifatida.
4.Ijtimoiy risklarni boshqarishda xususiy sug‘urtaning roli.
5.Ijtimoiy risklarni tavsifi va guruhlanishi.
6.Davlat va xususiy tashkilotlarning sug‘urtani taʼminlashdagi asosiy farqlari.

III.BOB. DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YICHA NAFAQALAR TAYINLASH VA TO‘LASH TARTIBI


3.1-§. Mehnatga layoqatlilik vaqtinchalik yo‘qotilganda majburiy ijtimoiy sug‘urtalash nafaqasi va sug‘urtalanadigan shaxslarga ajratiladigan yordam pullari miqdorini aniqlash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi. Ushbu ijtimoiy nafaqa vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda), sanatoriy-kurortlarda davolanganda, kasallangan oila aʼzosini parvarishlash zarur bo‘lganda, karantinda, sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda, mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama aʼzo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda tayinlanadi va to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi va ish stajiga bog‘liq holda quyidagi miqdorlarda begilanadi (6.1-jadvalga qarang, navbatdagi bet) .
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdorini belgilash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblab chiqariladi: o‘rtacha oylik ish haqi; o‘rtacha kunlik ish haqi; nafaqaning kunlik miqdori; mehnatga qobiliyatsizlikning butun davri uchun nafaqa miqdori. 3.1-jadvalda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdorlari o‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda belgilangan. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim. Uni to‘lash xarajatlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
«Koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi»65.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling