Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval O‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdorlari


Download 0.8 Mb.
bet27/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

3.1-jadval
O‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdorlari66



Xodimlar toifalari


Umumiy ish staji


Ijtimoiy nafaqa miqdori
(ish haqiga nisbatan foizlarda)

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlar


8 yil va undan ortiq


100%

5 yildan
8 yilgacha

80%

5 yilgacha

60%

  • ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga;

  • baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;


  • qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;


  • Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;


  • Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari, qalqonsimon bez va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;


  • mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.


Ish stajidan qatʼiy nazar


100%

Umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sag‘ir) yetimlar

Ish stajidan qatʼiy nazar


80%

Umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga

8 yil va undan ortiq


80%

8 yilgacha

60%

Yollanma ishchilarni kasal vaqtlarida ularga qisqa muddatli yordam pullari berish orqali sug‘urtalash majburiy ijtimoiy sug‘urtaning shakllaridan biri hisoblanadi. Bundan maqsad mehnat qilishga layoqat vaqtinchalik yo‘qotilgan holatlarda ishchilarni muayyan daromad bilan taʼminlash hisoblanadi. Bu esa ishchilarni kasallik vaqtlarida ham ishlashga majbur qiladigan moliyaviy taʼsirni pasaytirishga yo‘l ochib beradi.

Barcha industrial rivojlangan davlatlarda yollama ishchilar uchun kasallikni vaqtida sug‘urtalash tizimi mavjud. O‘z vaqtida bu tizim vaqtinchalik ishchilar va o‘zini o‘zi mehnat bilan band qilgan shaxslarning to‘liq bo‘lmagan bandligi masalasini o‘z ichiga olmagan. Bu esa kasallik vaqtlarida ularning ijtimoiy himoya darajasini sezilari ravishda pasaytiradi. Boshqacha aytganda, kasallikda beriladigan yordam pullari faqat yollanma ish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga, yaʼni ularning majburiy ijtimoiy sug‘urtalashga huquqi borligini qonunan, mehnat shartnomasiga asoslangan holda to‘lanadi. Qisqa muddatli yordam pulllarining miqdori XMTning konvensilari asosida reglamentlashtiriladi. Demak, XMTning «Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari to‘g‘risida» 102-sonli Konvensiyasiga ko‘ra, qisqa muddatli yordam pullarining minimal miqdori oylik maoshning 45 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. XMTning «Tibbiy xizmatlar va kasallik sababli beriladigan yordam pullari to‘g‘risida»gi 130-sonli Konvensiyasiga (1969 yil) ko‘ra, qisqa muddatli yordam pullarining minimal miqdori yo‘qotilgan ish haqining 60 foizidan kam bo‘lmasligi lozim (6.2-jadvalga qarang).


To‘lov shartlari qonuniy minimumlikni o‘z ichiga oladi: unda kasallik vaqtida pul to‘lab berishlar hisobga olinmagan, yaʼni bunday yordam puli to‘lash ish beruvchilarning shaxsiy tashabbuslari yoki jamoaviy shartnomalar shartlariga asosan amalga oshirilishi kerak edi. Ijtimoiy sug‘urta tizimlari tomonidan yordam puli to‘lash davomiyligining chegarasi joriy qilingan holatlarda, XMT konvensiyalarida aks ettiriganidek, ularni 26 hafta (120-sonli konvensiya) va 52 hafta (13-sonli konvensiya) muddat ichida kechiktirmasdan amalga oshirish kerak bo‘ladi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling