Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-§. Tibbiy sug‘urtaning mohiyati va zaruriyati
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
5.2-§. Tibbiy sug‘urtaning mohiyati va zaruriyati
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida tibbiy sug‘urtani tutgan o‘rnini baholash, bozor munosabatlarini rivojlanish sharoitida tibbiy sug‘urtani joriy etish va tibbiy xizmatlar bozorida xususiy sektorni barqaror surʼatlarda rivojlantirishning jorij tajribasini kompleks o‘rganish dolzarb, ilmiy-amaliy axamiyatga ega muammo xisoblanadi. Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ijtimoiy himoyaning muhim tarkibiy qimlaridan biri hisoblanib, uning moliyaviy taʼminotida tibbiy sug‘urta ajratmalari muhim o‘rin egallaydi. Tibbiy sug‘urta – aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida sog‘liqni saqlash sohasidagi jamiyat aʼzolari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sug‘urta badallarining jamg‘arilishi hisobiga sug‘urta hodisasi ro‘y berganda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni kafolatlanishini ifodalaydi. Tibbiy sug‘urta tibbiyot tashkiloti sug‘urtasi bilan shartnomasi bo‘lgandagina shaxsga sug‘urta hodisasi ro‘y berganda maʼlum bir xajmdagi tibbiy xizmatlarni bepul taqdim etadi. Fuqarolar dastlabki sug‘urta to‘lov badalini amalga oshirgan vaqtdan boshlab, sug‘urta hodisasi yuz berganda tibbiy xizmatlarni olish huquqiga ega bo‘ladilar. Tibbiy sug‘urta aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi muxim o‘ziga xos tayanch nuqtasi hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotda tibbiy sug‘urtaning mohiyati to‘g‘risida yagona, umumiy qabul qilingan tarif mavjud emas. Fikrimizni isboti sifatida iqtisodiy adabiyotda keng tarqalgan quyidagi yondoshuvlarni keltirishimish mumkin: – «tibbiy sug‘urta – bu obʼekti tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan harajatlardan, jumladan kasallik bilan bog‘liq harajatlardan iborat bo‘lgan sug‘urtaning bir turi»156; – «tibbiy sug‘urta – bu sug‘urta faoliyatining alohida tashkiliy shakli»157; – «tibbiy sug‘urta – turli ko‘rinishdagi sog‘liqni yo‘qotish jarayonida aholi manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish shakli»158; – «tibbiy sug‘urta shartnomasi mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini bozor munosabatlariga muvofiq o‘z-o‘zini moliyalashtirish vositasi sifatida baholanadi. Ushbu shartnoma orqali aholining barcha qatlamlari haq to‘lash evaziga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi va ushbu xolat sog‘liqni saqlash sohasining iqtisodiy rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Tibbiy sug‘urta shartnomasining majburiy ko‘rinishi aholini davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilishning shakli hisoblanadi»159; – «tibbiy sug‘urta sog‘liqni saqlash sohasidagi aholi manfaatlarini ijtimoiy himoya qilishning shakli bo‘lib, kasallik yoki baxtsiz hodisa yuz berganda, sog‘lig‘i yo‘qolgan taqdirda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta dasturiga kiritilgan tibbiy xizmatlar uchun qo‘shimcha xarajatlarini qoplaydigan sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni yuklaydigan sug‘urta turlari majmuasi hisoblanadi»160. A.P.Arxipov tomonidan tibbiy sug‘urtalashga iqtisodiy mazmunini to‘liq yoritishga qaratilgan taʼrif berilgan. Uning fikricha, tibbiy sug‘urtalash sug‘urtalanuvchining sug‘urta badallari sug‘urta dasturiga kiritilgan yoki shartnomada ko‘zda tutilgan tibbiy xizmatlar uchun tibbiy muassasada ko‘rsatiladigan tibbiy, davolash-praktika yordami uchun qisman yoki to‘liq qoplanishi miqdorida to‘lash majburiyatlarini nazarda tutadi161. Muallif tibbiy sug‘urta va shartnoma munosabatlarining dasturiy xarakteriga eʼtibor qaratgan holda tibbiy, dori-darmonlari yordamida yoki profilaktik yordam kabi tibbiy yordamning turlarini ko‘rsatadi. Tibbiy xizmatlar xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya mexanizmining asosini belgilaydi. V.Shaxov va Yu.Axvledianidan farqli ravishda, A.Arxipov «tibbiy sug‘urtani aholining manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish shakli»162 deb hisoblamaydi va kompensatsiya bo‘yicha sug‘urta to‘lovchilarining barcha xarajatlarini hisobga olgan holda ular qo‘shimcha ravishda o‘zlarining qisman qamrab olinishi mumkinligiga havola qilinadi. B.X.Aliyev va Yu.M.Maxdiyevlar «tibbiy sug‘urtaning maqsadi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jamg‘arilgan mablag‘lar hisobidan tibbiy yordam olishlarini taʼminlash, jumladan, profilaktika choralarini qo‘shimcha moliyalashtirish»163 deb taʼkidlaganlar. Yu.T.Axvlediani va V.V.Shaxovlar esa «tibbiy sug‘urtani aholining ijtimoiy himoya qilish shaklli va aholini ijtimoiy himoya qilish tibbiy xarajatlarni qoplashda namoyon bo‘ladi»164, deb taʼrif berganlar. G.V.Chernovaning fikricha, «tibbiy sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyati tibbiy yordam ko‘rinishdagi sug‘urta himoyasini taqdim etishdan iborat». Tibbiy sug‘urta (tibbiy xarajatlarni sug‘urtalash) tibbiy yordam ko‘rsatish shaklida davolash xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan.165 Ushbu taʼrif sug‘urta ijtimoiy himoyaning shakli sifatida sug‘urtalovchiga tibbiy yordam ko‘rsatiladi va sug‘urtachilar ushbu davolanish xarajatlarini qoplashlarni bildiradi. L.A.Orlanyuk-Malitskaya tibbiy sug‘urtalashni «sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘ini tiklash bilan bog‘liq moddiy xarajatlarni qoplashni nazarda tutuvchi shaxsiy sug‘urta turlari»166 majmui deb taʼriflaydi. Ushbu yondoshuv yuqoridagilaridan tibbiy sug‘urta turi ko‘rsatilganligi va sug‘urtalangan shaxslarga ko‘rsatiladigan yordam va xizmat turlariga urg‘u berilmaganligi bilan farq qiladi. Rossiyalik iqtisodchilar A.B.Bloxin, L.I.Vasilsova, S.L.Leontevlar «sog‘liqni sug‘urtalashni fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasida manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq sug‘urta faoliyatini tashkiliy shakli sifatida taʼriflaydilar»167. Ular tibbiy sug‘urtalanish natijasida sug‘urtalangan shaxsda kasallik yuz berganda moddiy qiyinchiliklar to‘g‘risida ogohlantiradilar. «Finansovo-kreditnыy ensiklopedicheskiy slovar»datibbiy sug‘urtaga «shaxsiy sug‘urtaning bir tarmog‘i sifatida korxonalar, mahalliy dasturlarning, aholining tibbiy xizmatlarini moliyalashtirishda foydalanadigan fuqarolarning hissasi bilan ishonchli fondlarni shakllantirishni nazarda tutishi takidlanadi»168. Avvalgi taʼriflardan farqli o‘laroq, bunda tibbiy sug‘urtani sug‘urta turlarining majmui emas, balki shaxsiy sug‘urtaning ko‘rinishi sifatida taʼriflangan. Muallif aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun ajratiladigan mablag‘larni shakllantirishning maqsadga muvofiqligini taʼkidlagan holda mablag‘larni shakllantirish manbalari ko‘rsatib o‘tilgan. Tibbiy sug‘urta majburiy sug‘urtalash turi sifatida davlat tomonidan sug‘urtalangan shaxsga majburiy tibbiy sug‘urtaning hududiy majburiy tibbiy sug‘urta dasturi doirasida bepul tibbiy yordamlar ko‘rsatishda kafolat berishga qaratilgan davlat tomonidan yaratilgan huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy choralar tizimi deb taʼriflanadi. Qonuniy majburiy tibbiy sug‘urta ijtimoiy, kafolatlangan, dasturiy va cheklangan xarakterga ega bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan taʼriflarga aniqlik kiritilishi lozim. Jumladan, tibbiy sug‘urta aksariyat holatlarda ijtimoiy himoya shakli sifatida eʼtirof etilgan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ijtimoiy himoya kategoriyasi keng maʼnodagi tushuncha bo‘lib, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy yordam kabi tushunchalarni o‘zida mujassamlashtiridi. Tibbiy sug‘urta o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Tibbiy sug‘urta pullik tibbiy xizmatdan foydalanuvchiga, sug‘urta shartnomasida yoki sug‘urta tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasiga ega bo‘lgan tibbiyot muassasasiga to‘lanadi. Bunda sug‘urta puli sug‘urtalangan shaxsning kasallik holatini hisobga olib, sug‘urta hodisasi ko‘zda tutilgan hollarda to‘lanadi. Kasallik yoki baxtsiz hodisa yuz berganda, sog‘lig‘i yo‘qolgan taqdirda sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta dasturiga kiritilgan tibbiy xizmatlar uchun qo‘shimcha xarajatlarni qoplaydigan ijtimoiy sug‘urtaning turiga tibbiy sug‘urta deyiladi. Tibbiy sug‘urta sog‘liqni saqlash tashkilotlari va tibbiyot xodimlarining o‘z faoliyatlarining yakuniy natijalari bo‘yicha masʼuliyatini va iqtisodiy manfaatdorligini oshirishning muhim dastagi hamda tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida raqobatni rivojlantirish omili hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan taʼriflar asosida tibbiy sug‘urtalashning ijtimoy xarakterga egaligi, kompensatsiya mexanizmi, shartnoma munosabatlari, dasturiy asos, tabiiy shakl, mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanish, maqsadli jamg‘armalar, kafolatlar, muayyan komponent (tibbiy, dorivor, profilaktika va boshqa yordam), majburiy va ixtiyoriy shakllar kabi iqtisodiy tabiatini ifodalovchi belgilarini farqlash mumkin. Davlat tibbiy sug‘urta tizimi ilk bor Germaniyada kansler O.Bismark tomonidan joriy etilgan bo‘lib, ushbu tizim ishchilarni kasallanish, baxtsiz hodisalar, nogironlikdan sug‘urta qilishni nazarda tutgan. Davlat tibbiy sug‘urtasiga doir qonunlarning asosini «Salomatlik – ijtimoiy mehnat samaradorligini oshiruvchi kapital» tamoyili tashkil etgan. Xususan, Germaniyada ijtimoiy sug‘urtaga daromadlarni taqsimlashning muhim mexanizmi sifatida yondashiladi. Davlat tibbiy yordamni moliyalashtirilish bo‘yicha majburiyatini ijtimoiy sug‘urtalash tizimini tashkil etish o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, tibbiy sug‘urta mamlakatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatga moslashgan bo‘ladi. Tibbiy sug‘urta tizimini tashkil etishning jahon tajribasi ko‘rsatishicha sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yetakchi manbasini davlat va sug‘urta kompaniyalarining tibbiy sug‘urta mablag‘lari tashkil etadi (5.3-jadvalga qarang). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling