Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval 2017 yilda xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta badali


Download 0.8 Mb.
bet84/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

7.2-jadval
2017 yilda xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta badali
(ijtimoiy soliq) stavkalari (foiz hisobida)238




Davlatlar


Ish beruvchi


Ishchi


Jami




Davlatlar


Ish beruvchi


Ishchi


Jami

1.

Fransiya

10,6

26,0

36,6

18.

Estoniya


1,2

25,3

26,5

2.

Avstriya


14,0

22,2

36,2

19.

Finlyandiya


7,6

18,2

25,8

3.

Vengriya


15,0

19,0

34,0

20.

Yaponiya


12,5

13,2

25,7

4.

Slovakiya


10,2

23,6

33,8

21.



IHTT bo‘yicha o‘rtachasi


8,2


14,2

22,4

5.

Germaniya


17,4

16,3

33,7

22.

Niderlandiya


11,8

10,1

21,9

6.

Chexiya

8,2

25,4

33,6

23.

Lyuksemburg

11,0

10,8

21,8

7.

Belgiya

10,9

22,2

33,1

24.

Norvegiya

7,3

11,5

18,8

8.

Sloveniya


19,0

13,9

32,9

25.

Buyuk Britaniya


8,5

9,8

18,3

9.

Gretsiya


12,8

20,0

32,8

26.

Kanada

6,6

10,4

17,0

10.

Italiya

7,2

24,0

31,2

27.

Janubiy Koreya


7,6

9,4

17,0

11.

Rossiya

30,0

0,0

30,0

28.

AQSH

7,1

7,7

14,8

12.

Polsha

15,3

14,1

29,4

29.

Irlandiya

3,6

9,7

13,3

13.

Shvetsiya


5,3

23,9

29,2

30.

Shveysariya


5,9

5,9

11,8

14.

Portugaliya


8,9

19,2

28,1

31.

Meksika

1,2

10,4

11,6

15.

Ispaniya

4,9

23,0

27,9

32.

Chili

7,0

0,0

7,0

16.

Turkiya

12,8

14,9

27,7

33.

Islandiya


0,3

6,4

6,7

17.

Latviya

8,5

19,1

27,6

34.

Yangi Zellandiya

0,0

0,0

0,0

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirish hajmlari YAIM hajmining 16-25 foizini tashkil etadi. XX asr oxiriga kelib, Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy taʼminot xarajatlari YAIM hajmining 25 foiziga, AQShda 18 foizga, Markaziy Yevropaning o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda 17 foizga, Rossiya Federatsiyasida 10 foizga yaqinlashgan239. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya xarajatlari YAIM hajmining 6 foizini tashkil qiladi240. Bunday xarajatlar tarkibida tibbiy sug‘urta, pensiya sug‘urtasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligidan sug‘urtalash, ishsizlik sug‘urtasi va turli ko‘rinishdagi ijtimoiy nafaqalar asosiy o‘rinni egallaydi. Mazkur xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy manbasini sug‘urtalanganlar va ish beruvchilarning (yollanma ishchilar foydasiga) sug‘urta badallari hamda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar tashkil qiladi.

Barcha mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urtaning milliy tizimi va uning moliyaviy mexanizmi turlicha bo‘lib, uning 3 ta modelini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: Bismark (Germaniya, Italiya, Avstriya, Fransiya), Beveridj (Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada)241 va Sobiq Ittifoq. Aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urtaning modellari aralash tarzda amal qiladi.


Taraqqiy etgan mamlakatlarning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi natijalari bo‘lib, industrial mamlakatlarning davlat ijtimoiy taʼminoti tizimlarini tashkil etilishi va jamoaviy majburiy ijtimoiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etilishi bo‘ldi. Ushbu ijtimoiy institularning bosh maqsadlaridan biri aholini ijtimoiy risk yuzaga kelganda daromad bilan taʼminlashdir. Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlar XX asr davomida ijtimoiy institutlarni shakllantirgan holda aholi daromadlarini shartnomaviy va davlat ijtimoiy sug‘urtasi yordamida taʼminlash tizimiga o‘tildi (7.3-jadvalga qarang).
Pensiya sug‘urtasining qayta taqsimlovchi va jamg‘ariluvchi tizimlarida majburiy va ixtiyoriy institutlarini rivojlantirish uchun mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlarida qulay, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi muhim o‘rin tutadi.
Qayta taqsimlanadigan pensiya taʼminoti tizimida ishchi tomonidan Pensiya jamg‘armalariga ijtimoiy to‘lovlar hisobiga to‘langan sug‘urta miqdorlarini ishchining pensiyaga chiqishidagi davrga keltirish juda murakkabdir. Bunda, ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan davrning davomiyligi, sug‘urta tovonining miqdori, sug‘urta stavkasi va pensiyaga chiqgandan keyingi davr to‘lovlari muddati davomiyligi hisobga olinishi va pensiyalar to‘lovi davriga keltirilishi zarurdir.


7.3-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda umumdavlat ijtimoiy
dasturlarni joriy etish yillari
242



Dasturlar


Germaniya


Angliya


Shvetsiya


Fransiya


Italiya


AQSH


Kanada

Mehnatda mayiblanish


1884 yil


1906 yil


1901 yil


1946 yil


1898 yil


1930 yil


1930 yil


Kasallik nafaqalari


1883 yil


1911 yil


1910 yil


1930 yil


1943 yil


-

1971 yil

Pensiya taʼminoti


1889 yil


1908 yil


1913 yil


1910 yil


1919 yil


1935 yil


1927 yil


Ishsizlik nafaqasi


1927 yil


1911 yil


1934 yil


1967 yil


1919 yil


1935 yil


1940 yil


Oilaviy nafaqalar


1954 yil


1945 yil


1947 yil


1932 yil


1936 yil


-

1944 yil

Tibbiy sug‘urta


1880 yil


1948 yil


1962 yil


1945 yil


1945 yil


-

1972 yil

Taʼkidlash joizki, bu muammoni hal qilishda mablag‘lar oqimini taxmin qilish og‘ir kechadi, bunda ijtimoiy to‘lovlar muddati 30 yildan

50 yilgachani tashkil etsa, pensiya to‘lovi muddatlari 20 yildan 30 yilgacha davrni o‘z ichiga oladi, yaʼni umr ko‘rish davomiyligiga qarab inobatga olinishi kerak. Bu qadar uzoq muddat (50-80 yil) davomida keltirilgan ko‘rsatkichlarga qator omillar taʼsir ko‘rsatishi mumkin, jumladan, ish haqi fondi va inflyasiya darajasining o‘zgarishi, pensionerlarning ishchilarga nisbatan mutlaq soni va nisbati kabi.
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda (Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Fransiya) ijtimoiy sug‘urta yuki ishchi va ish beruvchilar o‘rtasida teng taqsimlangan (7.4-jadvalga qarang).


7.4-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda majburiy pensiya sug‘urtasi tizimida ishlovchi va ish beruvchilarlar o‘rtasida sug‘urta yuklamasi taqsimoti va sug‘urtalangan daromadlarning chegarasi (2019 yil)243




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling