Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
II BOB. AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMIDA IJTIMOIY SUG‘URTANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
II BOB. AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMIDA IJTIMOIY SUG‘URTANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
2.1-§. Аholini ijtiimoiy himoya qilish tizimining huquqiy institutsional asoslari Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi mamlakat ijtimoiy siyosatining zaruriy unsuri hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotda iqtisodchi-olimlarning «Ijtimoiy himoya» atamasiga bergan turlicha taʼriflarini uchratish mumkin. Bozor munosabatlari shakllanayotgan mamlakatlarning muhim xususiyatlaridan biri aholini ijtimoiy ximoya qilish tizimini amal qilishi hisoblanadi. Ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi xisoblangan aholining ijtimoiy himoya tizimini amal qilishi jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashning muhim omili hisoblanadi. Aholining ijtimoiy himoya qilish tizimida aholi muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordamning maqsadli va manzilliligini taʼminlash davlat, korxonalar, ijtimoiy tashkilotlar, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya jamg‘armalari va boshqa nodavlat jamg‘armalarining faoliyati orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy himoya tizimi aholining turli xil ijtimoiy qatlamlari tomonidan olingan daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish yuli bilan aholi guruhlari daromadlari o‘rtasidagi tabaqalanishni keskinlashmasligini nazorat qiladi. Shu maqsadda kam daromadli va kam taʼminlangan qatlamlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, aholining katta daromadli qatlami daromadlarining yuqori chegarasini cheklash uchun turli xil yondashuvlardan foydalaniladi. Olib borilgan tadqiqotlar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholini ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy va ijtimoiy tarkibiy qismlari o‘rtasida maqbul muvozanatga erishishning yangi yo‘llarini topishga qaratilgan bo‘lib, ular iqtisodiy rivojlanishning bilan ijtimoiy adolatlilik tamoyillari o‘rtasidagi ziddiyatni kamaytirishdan iborat. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya bo‘yicha V.Antropov tomonidan «har bir ishlovchi mehnat faoliyatida vaqtinchalik nogironlik, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish, mehnat faoliyati jarayonida sog‘lig‘ini saqlash, mehnatni muhofaza qilish, ishchilar va ularning oilalariga yordam berish huquqini taʼminlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy kafolatlar majmuasi»31ga alohida tariflar berib o‘tilgan. «Aholini ijtimoiy himoya qilish» tushunchasi ilk bor XVIII asrning oxiridan iqtisodiy adabiyotda qo‘llanilgan. Ushbu davrda Yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilishning nazorat tizimi shakllana boshlagan (aholiga ijtimoiy himoya tizimining institutsional rivojlanishi, huquqiy bazasini shakllantirish va ijtimoiy yordam amalga oshirilgan va davlat tomonidan qisman moliyalashtiradigan maʼmuriy boshqaruv). Ushbu davrning o‘ziga xos xususiyati shundaki, davlat ijtimoiy funksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajarmaydi va boshqa muassasalar ushbu vazifalarni bajarishga (shaxsiy va jamoat xayriya tashkilotlari, korporativ ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari, mahalliy hokimiyat organlari) yordam beradi. Ushbu jarayonni davlatning ijtimoiy funksiyalarining paydo bo‘lishi va jamiyatning barcha aʼzolarini ijtimoiy himoyalash jihatlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jamiyatni mustahkamlashga asoslangan. Ijtimoiy himoyaning dastlabki unsurlari XIX asr oxirida Germaniyada davlat tomonidan turli ijtimoiy dasturlar orqali aholini ijtimoiy himoya qilishga mablag‘lar ajratilishidan boshlandi. Jamiyatning aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy funksiyalari davlat zimmasiga o‘ta boshladi. «Ijtimoiy himoya» atamasi dastlab 1935 yilda AQShning ijtimoiy himoya to‘g‘risidagi qonunida ishlatilgan bo‘lib, ushbu mamlakat uchun yangi bosqichni belgilab berdi. Keksalik, o‘lim, nogironlik va ishsizlik bo‘yicha majburiy sug‘urta institutlari joriy etildi. Ushbu atama dunyoning ko‘plab mamlakatlarda keng qo‘llanila boshlandi, tug‘ma va mehnat nogironlariga, keksa yoshdagi fuqarolarga yordam berishning milliy tizimi tashkil etildi. Ijtimoiy himoya, ijtimoiy taʼminot inson huquqlarining biri sifatida qashshoqlikni kamaytirish va uning oldini olish, insonlarning ijtimoiy himoyasiz qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan dasturlar va tadbirlar yig‘indisi sifatida tavsiflanadi. «Ijtimoiy himoya – keng maʼnoda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy himoya qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor maʼnoda – davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligidir»32. Bir vaqtning o‘zida ijtimoiy himoya ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy yordamni to‘la maʼnoda qamrab oladi. Xalqaro standartlarga muvofiq, «ijtimoiy himoya tibbiy yordam, tibbiy sug‘urta, oilani, ona va bolani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish huquqlarini o‘z ichiga oladi»33. Ijtimoiy himoyaning maqsadi aholi farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi turli qatlamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, jamiyat tomonidan insonga munosib turmush darajasini taʼminlashga yordam berishdan iborat. Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlatning o‘rni va vazifalariga bag‘ishlangan ilmiy nazariy konsepsiyalar mavjud. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy konsepsiyalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida quyidagicha guruhlash mumkin (2.1-jadvalga qarang). Aholini ijtimoiy himoya qilish nazariyalarini ishlab chiqishda inson taraqqiyoti va barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat, hayot sifati konsepsiyalari muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy himoya tizimi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan iqtisodiyot bo‘lib, bozor iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlangan shakli, erkin bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy adolat tamoyillarini birlashtiradi. Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, «ijtimoiy himoya tizimining rivojlanishi darajasi jamiyat rivojlanishi ko‘satkichlariga bog‘liq hisoblanadi»34. Demak, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi ustun darajada mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling