Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-rasm. Ijtimoiy himoyaning yo‘nalishlari
Download 0.8 Mb.
|
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2-rasm. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining tarkibi 43
2.1-rasm. Ijtimoiy himoyaning yo‘nalishlari42
Davlat va jamoat tashkilotlarining (birinchi navbatda, kasaba uyushmalari) maqsadlarini amalga oshirish, ijtimoiy siyosatning ustuvor vazifalari, jamiyatning har bir aʼzosini muhim ijtimoiy huquqlarini hurmat qilishini taʼminlaydigan qonun bilan belgilangan iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy kafolatlar majmuini amalga oshirish, shu jumladan, shaxsning normal yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan munosib turmush darajasiga erishish faoliyatidir. Ijtimoiy himoya «farovonlik holati» konsepsiyasi doirasida barcha fuqarolar uchun ularning individual qobiliyatlari va ijtimoiy faoliyat ishtirok etish darajasidan qatʼiy nazar, munosib turmush darajasini taʼminlash tizimi sifatida belgilanadi. Tadqiqot natijalari asosida aholini ijtimoiy himoya himoya qilish tizimining tarkibiy qismlarini quyidagicha tasniflash mumkin (2.2-rasmga qarang). Ijtimoiy taʼminot, tabiiy ravishda, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini qamrab oladi. Maʼlum sabablarga ko‘ra, mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan va davlat tomonidan doimiy ravishda yordamga muhtoj fuqarolarga beriladigan ijtimoiy nafaqalarni nazarda tutadi. 2.2-rasm. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining tarkibi43 Ijtimoiy sug‘urta aksariyat mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining eng keng tarqalgan va muhim element hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmun-mohiyati hamon turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinayotganini taʼkidlab o‘tmoq lozim. Ammo, barcha taʼriflarda ijtimoiy sug‘urta aholini ijtimoiy himoya qilishning muhim yo‘nalishi (shakli) ekanligi eʼtirof etiladi. Buni quyida keltirilganlar to‘liq tasdiqlaydi: «ish bilan band aholining ko‘pchilik qismi uchun majburiy bo‘lgan o‘zini o‘zi taʼminlash, ommaviy-huquqiy prinsiplarga asoslanib, mehnat qobiliyatini yo‘qotgan hollarda, o‘lim yuz berganda, shuningdek ishsiz qolganida davlat tomonidan tashkil etilgan sug‘urta »44; «keksalikda, kasallik holatida, ish qobiliyati qisman yoki to‘liq yo‘qotilganda, boquvchisidan maxrum bo‘lganida, ishsizlikda iqtisodiy faol aholining konstitutsion huquqlarining amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy himoyaning muhim elementi »45; «jamoaviy hamjihatlikda zararlarning qoplanishi asosida turli ijtimoiy risklardan aholini ijtimoiy himoya qilish shakli »46; «ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari «kechiktirilgan isteʼmol”ni taʼminlovchi ish haqining o‘zgartirilgan shakli»47; «davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan, davlat maqsadli budjetdan tashqari ijtimoiy sug‘urta fondi, shuningdek boshqa jamoaviy va xususiy sug‘urta fondlari mablag‘lari hisobiga keksa yoshdagi, mehnatga layoqatsiz fuqarolarni moddiy taʼminlash, qo‘llab-quvvatlash tizimi»48; «aholini turli xavf-xatarlardan ijtimoiy himoyalash shakli, uning muhim jihati ish beruvchi va ishchilarning maqsadli badallari asosida maxsus budjetdan tashqari fondlarni shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi»49; «davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni taʼminlash, yordam ko‘rsatish tizimi»50. Ijtimoiy sug‘urtaning o‘ziga xos mazmuni qonunchilikda ham mavjud. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq, davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan beriladigan taʼminot turlari sifatida, asosan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari51 qayd etilgan. Ijtimoiy sug‘urta kutilmagan ijtimoiy xavf-xatarlar (kasallik, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, nogironlik, keksalik, homiladorlik, o‘lim hollari), hududiy doirasi (davlat sug‘urtasi, mahalliy darajadagi, kasb-tarmoq, xalqaro) bo‘yicha turkumlanadi, ixtiyoriy va majburiy turlarga bo‘linadi. Davlat sug‘urta jamg‘armasi, jamoa va xususiy jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi. Umuman, mehnatga layoqatsizlarni moddiy taʼminlashning qatiy kafolatli tizimiga ijtimoiy sug‘urta deb ataladi. Ijtimoiy sug‘urta maqsadi aholini turli xavf-xatarlar jumladan, mehnatga layoqatlilikni, daromadni yo‘qotish kabi xavf-xatarlar ijtimoiy himoyalash hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urtaning muhim jihati shundaki, u ish beruvchi va yonlanma ishchilarning maqsadli badallari asosida shakllangan maxsus budjetdan tashqari fondlar tomonidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy sug‘urta tizimi: sug‘urta to‘lovi miqdori va sug‘urta muddati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy sug‘urta fondlarining muhim jihati ish beruvchi va yonlanma ishchilarning birdamlik tamoyiliga asoslanganligi ularni boshqarishning xususiyatini belgilab beradi. Ushbu fondlar o‘zini o‘zi boshqarish va notijorat xo‘jalik yuritish qoidasi asosida ishlaydi. Mehnatga layoqatlik va daromadni yo‘qotishga olib keladigan ijtimoiy xavf-xatarlar qatoriga: kasallik, ishlab chiqarishdagi jarohat, kasbiy kasallik, baxtsiz hodisa, onalik va bolalik, ishsizlik, qarilik, boquvchisini yo‘qotish. Ijtimoiy yordam kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, 14 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam taʼminlangan oilalarga oylik nafaqa to‘lash, bemorlar va keksalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish ko‘rinishida amalga oshiriladi kabilar kiradi. Aholini ijtimoiy himoya qilishning shakllari ijtimoiy himoya idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy himoya institutlari faoliyatini taxlil etishda ijtimoiy xavf-xatarlar tarkibiga ijtimoiy rivojlanishning boshqa omillari bilan belgilashni eʼtiborga olish kerak. Real voqelikda inson hayotiga tahdid soluvchi ijtimoiy xavf-xatarlardan insonni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish, uning ko‘lami va vositalarini tanlashga mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy va demografik omillar taʼsir ko‘rsatadi. Mamlakatda demografik vaziyat ijtimoiy himoya obʼektini belgilagan holda asosiy parametrlarini tavsiflaydi. Iqtisodiy omillar ijtimoiy himoya moddiy asosini belgilaydi, ijtimoiy kompleks, mehnat resurslarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilaydi, shaxsiy va ijtimoiy farovonlik darajasini taʼminlaydi, aholining ijtimoiy tabaqalanishining asoslarini yaratadi. Ijtimoiy himoya tiximi jamiyat rivojlanishining asosiy maqsadlarini, turmush darajasining ijtimoiy standartlarini, fuqarolik huquqi normalari va umuman ijtimoiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish qoidalarini belgilaydi, insonning ko‘payishi, demografik, iqtisodiy va siyosiy omillar taʼsir ko‘rsatishi, davlatning o‘z fuqarolarining hayoti va xavfsizligi uchun javobgarligini, ularning muvofiqligini belgilaydi. Har bir jamiyatda aholini ijtimoiy himoya qilishning maʼlum bir tizimi amal qiladi. Ijtimoiy himoya tizimi ijtimoiy tuzilmaning zarur va muxum elementi hisoblanadi. Uning vazifasi qiyin moliyaviy xolatda bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam berish yoki ijtimoiy qiyinchiliklarning oldini olishdir. Jaxonda aholini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishda ijtimoiy risklarni boshqarishning ikki usuli, yaʼni riskni qoplash va riskni taqsimlash usullaridan keng foydalaniladi (2.3-rasmga qarang). Ijtimoiy himoya usullari, daromadlarni qayta taqsimlash mexanizmi va darajasi, hamda aholini ijtimoiy himoya qilish darajasi bilan farqlanadi., Davlat qoida tariqasida, inson hayotning minimal zaruriy kafolatlarini, jamoaviy o‘zaro yordam esa insonning ijtimoiy va mehnat mavqeiga muvofiq hayot darajasini saqlab qolishni, individual himoya esa erishilgan aholini turmush darajasini saqlaydi va uning o‘sishini taʼminlab beradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling