Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Download 0.8 Mb.
bet19/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

Mustaqil ish mavzulari
1.Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti davlatlarida ijtimoiy himoyaning o‘rni va ahamiyati.
2.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya tizimining mohiyati va zarurligi.
3.Ijtimoiy taʼminot – davlat ijtimoiy siyosatining muhim bo‘g‘ini sifatida.
4.Ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va nazariy asoslari.
5.Ijtimoiy sug‘urtaning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va zarurligi.
2.2-§. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida ijtimoiy sug‘urtani o‘rni
Jamiyat rivojlanishi bilan aholining majburiy ijtimoiy sug‘urtalaganlik darajasining oshishi, ijtimoiy sug‘urta dasturlarining kengayishi, to‘lanadigan pensiya, nafaqalar miqdorini o‘sishi, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining yaxshilanishi, ularning qiymati va aholi real daromadlarining ko‘payishi tufayli ijtimoiy sug‘urtaning mavqei sezilarli ortib bordi.

Ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan qaraganda, ijtimoiy sug‘urta fuqarolarning qarilik, kasallik holatlari, onalik, mehnat qobiliyati yo‘qotish, boquvchisini yo‘qotishi, ishsizlik kabi holatlarda moddiy yordam olishga konstitutsion huquqi borligini ko‘rsatadi. To‘lanadigan mablag‘ miqdori mehnat staji, oylik ish haqi, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasini hisobga olgan holda amaldagi qonunchilikka asoslanib aniqlanadi. Ijtimoiy sug‘urtaning vazifalari quyidagilardan iborat54:


– ishga layoqatsiz va mehnat jarayonida ishtirok etmaydigan shaxslarning tirikchilik vositalarini qoplashga qaratilgan pul jamg‘armalarini shakllantirish;
– mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning xarajatlar miqdorini taʼminlash;
– jamiyatning band va ishsiz aʼzolarini moddiy taʼminlashdagi uzilishlarini kamaytirish;
– aholining mehnat jarayoniga jalb etilmagan guruhlarining turmush darajasini yaxshilash.
Ijtimoiy sug‘urtaning bajaradigan funksiyalari 2.4-rasmda keltirilgan.

2.4-rasm. Ijtimoiy sug‘urtaning funksiyalari55
Ijtimoiy sug‘urta ijtimoiy siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib uning muhim iqtisodiy funksiyalaridan biri, u mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarini yaratish, jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlash, ijtimoiy birdamlikni shakllantirish va uni saqlab qolishning dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy sug‘urta aholini turli xavf-xatarlardan ijtimoiy himoyalash vositasi bo‘lib, ishdan bo‘shash, mehnatga layoqatlilik, daromadni yo‘qotish kabi xavf-xatarlar yig‘indisi hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urta ish beruvchi va yollanma ishchilarning maqsadli badallari asosida shakllangan maxsus budjetdan tashqari fondlar tomonidan moliyalashtiriladi. Ijtimoiy sug‘urta tengsizlik qoidasi asosida tuziladi hamda sug‘urta to‘lovi hajmi va sug‘urta muddati bilan bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ijtimoiy sug‘urtaning xususiyatlarini quyidagicha ifodalash mumkin (2.5-rasmga qarang).


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling