Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval Xalqaro Mehnat Tashkilotining 102-sonli Konvensiyasiga muvofiq mehnat bilan band fuqarolar ijtimoiy himoyasining minimal meʼyorlari


Download 0.8 Mb.
bet21/92
Sana14.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1772891
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92
Bog'liq
Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta-fayllar.org

2.3-jadval
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 102-sonli Konvensiyasiga muvofiq mehnat bilan band fuqarolar ijtimoiy himoyasining minimal meʼyorlari58


Ijtimoiy to‘lov asoslari


Daromadlarni qoplash
meʼyorlari, %

Kasallik


45

Ishsizlik

45

Keksalik

40

Mehnatga layoqatsizlik

50

Nogironlik (ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi oqibatida)

50

Boquvchisini yo‘qotganlik

40

Homiladorlik va tug‘ruq holati

45

Nogironlik (tug‘ma nogironlar)

40

Bozor iqtisodiyotining muhim xususiyati bu har bir kishi o‘z yashash sharoitlarini shakllantirish uchun yuqori darajadagi javobgarligidir. Ishlab chiqarish, savdo yoki boshqa iqtisodiy faoliyat jarayonida olingan daromad uning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishini, mehnat qobiliyatini tiklanishini, oilasini boqish va hokazolarni, yaʼni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayonini taʼminlaydi.

Real voqelikda insonning hayotiga tahdid soladigan va yolg‘iz o‘zi bardosh berolmaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Ishlab chiqarishning yetakchi omili – ish kuchining tovarga aylanishi bilan bog‘liq holda ish haqi aholining band qismi uchun asosiy daromad manbaiga aylanishi – aholining ijtimoiy nochorligining o‘ziga xos turini shakllantiradi – ish haqining yo‘qolishi yoki ish haqini topish imkoniyatini yo‘qligi tufayli erishilgan moddiy farovonlik darajasi pasayishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Inson hayotidagi bunday hodisa ijtimoiy sug‘urta tizimidagi risklar deb ataladi.


Ijtimoiy risklar – bu fuqarolarning iqtisodiy jarayonda ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotishi tufayli moddiy taʼminlanmasligi ehtimolidir. «Ijtimoiy risk – bu obʼektiv, ijtimoiy sabablarga ko‘ra ish haqi yoki mehnat daromadini yo‘qotishi tufayli kelib chiqadigan moddiy taʼminlanmaganlik, jumladan, davolanish yoki ijtimoiy xizmatlarni to‘lash uchun qo‘shimcha xarajatlarga bo‘lgan zaruriyati hisoblanadi»59.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling