Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. Ijtimoiy risklarni boshqarish usullari tasnifi


Download 0.79 Mb.
bet19/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

2.3-rasm. Ijtimoiy risklarni boshqarish usullari tasnifi52
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga turli xil va shakllarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Jumladan, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan manbalardan olinadigan turli naqd pullik to‘lovlar (pensiya, ijtimoiy nafaqa va kompensatsiya to‘lovlari), hamda mamlakat aholisini ijtimoiy himoya qilish choralari (sanatoriya-kurortlarda davolanish, dam olish, sog‘lom ovqatlanish, sog‘liqni saqlash muassasalarini saqlash, qariyalar va nogironlar uchun qariyalar uylari, bolalar uylari va boshqalar).
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoya dasturlarini amalga oshirishning quyidagi shakllari amal qiladi: qonunda belgilangan va sug‘urta badallari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy sug‘urta; davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy yordam (to‘lovlar miqdori shaxsiy ehtiyojga bog‘liq); aholiningto‘laydigan maxsus soliq hisobidan va umumiy soliq tushumlaridan moliyalashtiriladigan universal to‘lovlar tizimi (to‘lovlarni olish shartlariaholi: yoshi, oilaviy holati, mamlakatda qolish muddati va boshqa omillar bilan bog‘liq); tadbirkor tomonidan o‘z xodimlari uchun moliyalashtiriladigan ishlab chiqarish taʼminoti; ijtimoiy sohaning boshqa turlarini to‘ldiradigan ixtiyoriy sug‘urta.
Mamlakatdagi amal qiladigan ijtimoiy himoyaning milliy tizimi mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat modeli bilan uzviy bog‘liqdir (2.2-jadvalga qarang).
2.2-jadval
Aholini ijtimoiy himoya qilishning modellari53






Kontinental
(Bismark modeli)

Anglosakson
(Beveridj modeli)

Skandinaviya
(Shved modeli)

Konseptual asosi

Kasbiy-mehnat ijtimoiy birdamlik taʼminoti

Ijtimoiy birdamlik taʼlimoti

Subsidiyalashning ijtimoiy-falsafiy taʼlimoti

Mohiyati

Ijtimoiy sug‘urta hisobidan ishchilar uchun ijtimoiy kafolatlar

Barcha uchun minimal ijtimoiy kafolatlar taʼminoti

Ijtimoiy taʼminotni soliqlar hisobiga moliyalashtirishdagi teng huquqlar

Tamoyili

Universal va tabaqalashtirilgan yondashuvning uyg‘unligi. Ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari avtonomligi (kasbiy birdamlik)

Ijtimoiy xizmatlarning universalligi, birdamligi va unifikatsiyalangan-ligi

Universallik, birdamlik, umr davomida ko‘rsatiladigan ijtimoiy himoyaning uzluksizligi, moslashuvchanlik, ijtimoiy sheriklik

Ijtimoiy himoyaning bazaviy institutlari

Majburiy ijtimoiy sug‘urta – barcha resurslarning 75 % ijtimoiy himoya uchun ijtimoiy yordam – 15 %; qo‘shimcha sug‘urtalash – 10 %

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash – barcha resurslarning 35 %; majburiy kasbiy sug‘urta – 35 %; ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta – 30 %

Majburiy ijtimoiy sug‘urta – 60 %; ijtimoiy yordam – 30%, ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta – 10 %

Ijtimoiy taʼminotga sarflanadigan jami xarajatlar-ning YaIMdagi ulushi, %

30 %

25 %

32 %

Ijtimoiy himoya milliy modellarining bir-biridan farq qiluvchi asosiy omillari ijtimoiy himoya institutlari tuzilmasi va ko‘rinishlari (majburiy ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy yordam va davlat ijtimoiy taʼminoti), tibbiy yordam va taʼlim, ularning faoliyat yuritishini taʼminlovchi resurslar hajmi hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida davlatning tutgan mavqeini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:


– davlat jamiyatni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi markaziy siyosiy institut hisoblanadi va u tomonidan chiqarilgan qarorlar va mehnatga layoqatli aholini faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi kekak;
– davlat ishlab chiqarish, taʼlim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, bepul ijtimoiy xizmatlar, imtiyozlar orqali daromadni qayta taqsimlash, ayrim hududlar yoki aholini ijtimoiy muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda ustuvorlikka ega. Taʼlim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarining tijoratlashuvi imkoniyatlarining chegaralanishi esa ushbu sohalarni davlat tomonidan maqsadli moliyalashtirishni va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi;
– davlat ishlab chiqarishni rag‘batlantirishning iqtisodiy dastaklari bilan birgalikda maʼlum darajada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga aralashishi mumkin.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling