Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


Risk omillari: ishchizlik, kasallik, shikastlanish, tug‘ish, keksalik, boquvchisini yo‘qotish


Download 0.79 Mb.
bet24/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

Risk omillari: ishchizlik, kasallik, shikastlanish, tug‘ish, keksalik, boquvchisini yo‘qotish







Risk holatining ro‘y berishi oqibatlari

Ishga yaroqsizlik: vaqtinchalik yoki doimiy

Boquvchining vafot etishi

Ish joyini yo‘qotishi

Davolanish, malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyoji

















































Mehnat daromadini yo‘qotish




Qo‘shimcha daromad

























Turmush darajasi va ijtimoiy maqomning pasayishi:
qashshoqlik va ijtimoiy tarqoqlik

2.7-rasm. Ijtimoiy risk ko‘rinishlari60
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotida ijtimoiy risk daromad yo‘qotilishida va jamiyat tomonidan kafolatlangan turmush darajasi standartlarini yo‘qotishda ham namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy risklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin61: daromad yo‘qotish; qo‘shimcha xarajatlarga bo‘lgan ehtiyoj va ijtimoiy mavqeini yo‘qotish. Real vokelikda aholining aksariyat qismi o‘zlarini tirikchilik vositalaribilan taʼminlashlari uchun: mehnat qilish qobiliyati va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishlari shart. (2.7-rasmga qarang).
Qo‘shimcha xarajatlar talab etuvchi risklar tarkibida quyidagilarni kiritishimish mumkin: bola tug‘ilishi munosabati bilan oilada bo‘ladigan xarajatlar; tibbiy xarajatlar; reabilitatsiya xarajatlari; bolani parvarish qilish bilan bog‘liq xarajatlar; dafn xarajatlari.
Muayyan ijtimoiy risklarni boshqarish uchun ularni quyidagi mezonlarga ko‘ra farq qiladi62: taʼsir doirasi: universal va maxsus xavflar (tanlov xavflarni qoplash usuli va shakli); amal qilish muddati: qisqa va uzoq muddatli (xavfni qoplash uchun moliyaviy vositalarni tanlash); taʼsir obʼektiga ko‘ra: aholi guruhlari bo‘yicha (qamrov turi va hajmini tanlash); shakllanish manbasi: tabiiy (fiziologik), texnogen, iqtisodiy va fuqarolik (xavflarning oldini olish imkoniyatlari); yuzaga kelish ehtimoli va davriy xususiyatga ko‘ra inson hayoti: rejalashtirilgan, bashorat qilingan va kutilmagan (aktuar baholash usullarini tanlash).
Ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy risk jamiyatdagi xolatlar bo‘yicha quyidagi omillarning kompleks kombinatsiyasi bilan belgilanadi: davlatning ijtimoiy siyosati, fuqarolik jamiyatining yetukligi va qonunchilik bazasi, ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini rivojlantirish. Shuningdek, ijtimoiy risk omillarining xususiyati va ularga mos ravishda himoya shakllari jamiyat, shaxs hayotiga, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatga taʼsir qiluvchi quyidagi omillar majmuasiga bog‘liq bo‘ladi: bandlik sharoitlari, mehnat bozorining rivojlanishi va demografik holat; mehnat sharoitlari; Jamiyat hayotini tashkil etishning iqtisodiy shartlari; mehnatga layoqatlikni yo‘qotishning kompensatsiya va profilaktikasini tashkil etishning shartlari va shakllari.
Ijtimoiy riskni o‘lchashda: ijtimoiy – sog‘liqqa zarar, ishga layoqatsizlik, vafot etish, qaramog‘idagilar soni va h.k.; iqtisodiy – nogironlik tufayli yo‘qotilgan zararni qoplash xarajatlari, davolanish, reabilitatsiya uchun qo‘shimcha xarajatlar ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Ijtimoiy riskning tabiati va uning ehtimolligi darajasi bilan bog‘liq xavfni minimallashtirish uchun profilaktika choralari tizimini ishlab chiqiladi va kompensatsiya choralarining zarur turlari, hajmi baholanadi. Ijtimoiy xavf-xatarni aniqlash va baholash imkoniyati mavjudliligi tufayli, ijtimoiy risklarni boshqarish tizimini shakllantirish mumkin.
Jamiyatdagi ijtimoiy xavf-xatarlardan himoya qilish shakllari va usullari tarkibida: korxonalar, tarmoqlar xodimlarining o‘zaro yordami; qariyalar, nogironlar uchun qonun tomonidan belgilangan moddiy yordam; ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy yordam, xayriya va boshqalar kiradi. Jaxon amaliyoti ko‘rsatishicha jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi osha borgan sari, ijtimoiy risklarni boshqarishga ko‘proq eʼtibor beriladi (2.4-jadvalga qarang).
Jahon amaliyotida tarixan parallel va bir-biridan mustaqil holda davlat ijtimoiy xayriya, cherkov xayriya va uyushgan o‘zaro yordam orqali ifodalangan alohida ijtimoiy yordam turlari shakllangan va rivojlanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya elementlarining vujudga kelishi fuqarolik jamiyatining shakllanishi, davlatchilikning mustahkamlanishi bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish, moliyaviy-kredit munosabatlarining rivojlanishi, jamiyatning ijtimoiy-demografik tuzilishining murakkabligiga bog‘liq holda rivojlanmoqda.
XMT hujjatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining milliy tizimlarni tashkil etishga bag‘ishlangan uslubiy tavsiyalar tizimi ishlab chiqilgan. Ular tarkibida: ijtimoiy himoya maqsadi va tamoyillarini belgilash; davlat va ijtimoiy himoya ishtirokchilarning o‘rni va vazifalari; ijtimoiy kafolatlar darajasini belgilash; tashkiliy, moliyaviy va huquqiy mexanizmlar kiradi. XMTning ijtimoiy vazifalari qatoriga esa: «yo‘qotilgan ish haqining kafolatli va yetarli darajada qoplanishi, moddiy farovonlikni taʼminlash huquqini amalga oshirish, inson erkinligi va qadr-qimmati, iqtisodiy barqarorlik va teng imkoniyatlar sharoitida maʼnaviy rivojlanish; tibbiy xizmatlardan kafolatlangan va keng foydalanish imkoniyati; kafolatlangan moliyaviy manbalarga ega bo‘lishni taʼminlashni kiritish mumkin»63.
Jahon ijtimoiy sug‘urta tizimlariga mantiqiy ketma-ketlik va davriylik xususiyatiga egaligi: o‘zaro ijtimoiy yordamdan o‘zaro sug‘urtalashga, keyinchalik esa uch tomonlama birdamlik tamoyillariga asoslanishi davlat tomonidan sug‘urtalash va hozirda - ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urtani davlat tasarrufidan chiqarish kabi rivojlanish tendensiyalari xos. Bizning fikrimizcha, ijtimoiy sug‘urta rivojlanishining asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda tegishli tashkiliy va moliyaviy shakllarni o‘z ichiga oladigan o‘zaro sug‘urta yotadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling