Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-§. Homiladorlikda va tug‘ruqdan so‘ng beriladigan nafaqalar, ularning miqdorini aniqlash amaliyoti
Mustaqil ish mavzulari
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PF-175-sonli «O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining aholini ijtimoiy himoya qilish tizimidagi roli. 2.Mehnatga layoqatini vaqtincha yo‘qotganlikda beriladigan yordam puli berishning asoslari. 3.Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni majburiy ijtimoiy sug‘urtalashning xalqaro tajribalari. 3.2-§. Homiladorlikda va tug‘ruqdan so‘ng beriladigan nafaqalar, ularning miqdorini aniqlash amaliyoti Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo‘ladi. Barcha xodimalarga tuqqunga qadar va tuqqanidan keyin jami 126 kalendar kunga taʼtil beriladi. Ushbu nafaqa 100 % miqdorida butun taʼtil davri uchun bir yo‘la to‘lanadi. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar ish beruvchilar hisobidan to‘lanadi, yaʼni 2010 yilgacha homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanar edi. 2010 yildan buyon respublikada xodimalarga ushbu nafaqalarni ish beruvchining o‘z mablag‘laridan, budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga esa tegishli budjetlar mablag‘lari hisobidan to‘lash tartibi amal qiladi. 2010 yilda belgilangan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni ish beruvchilar hisobidan to‘lash tartibi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son). Ishlovchi ayolga «dekret puli» vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida homiladorlik va tug‘ish taʼtilining butun davri (126 kalendar kun, tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda – 140 kun) uchun to‘lanadi. Nafaqa to‘liq ish haqi miqdorida to‘lanadi. «Bunda ushbu miqdor tashkilotda haqiqatda ishlagan vaqtga qarab tabaqalashtiriladi: ishga qabul qilingan kundan boshlab kamida 12 oylik ish stajiga ega bo‘lganda – o‘rtacha oylik ish haqining 75%i, ish staji bir yildan ortiq bo‘lganda 100%i to‘lanadi»67. «2022 yil 1 sentyabrdan boshlab budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishi belgilandi»68. Ilgarilari homiladorlik va tug‘ish nafaqasi budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga Davlat budjeti hisobidan, boshqa tashkilotlarda ishlovchi ayollarga ish beruvchi tomnidan to‘lab berilardi. Budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda ishlovchi ayollarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasining to‘lab berilishi xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 sentyabrdagi 515-sonli «Davlat ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Unga muvofiq ushbu nafaqa xodimning farzandi tug‘ulguniga qadar minimal isteʼmol xarajatlarining 4 baravari (498000*4) miqdorida to‘lanadi. Minimal isteʼmol xarajatlari miqdori o‘zgarganda, minimal isteʼmol xarajatlarining miqdori eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab nafaqa miqdori eʼlon qilingan minimal isteʼmol xarajatlarining yangi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi maʼlumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug‘ruqxona muassasasining masʼul xodimi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining «Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi. Bunda «Tibbiyot” axborot tizimiga mehnatga layoqatsizlik varaqasining seriyasi, raqami, sanasi hamda nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri kiritiladi. «Tibbiyot” axborot tizimi tomonidan maʼlumotlar «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda tekshiriladi. «Tibbiyot” axborot tizimi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar avtomatik ravishda «Yagona ryestr» axborot tizimiga yuboriladi. «Yagona ryestr» axborot tizimiga tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomida69: usluksiz ish stajiga ega ekanligi – «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali; mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjudligi – Davlat soliq qo‘mitasining maʼlumotlar bazasi orqali; budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Moliya vazirligining «UzASBO” dasturiy majmuasi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini oluvchining oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish stajini hisoblashda, Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi budjet tashkilotlaridan tashqari yuridik shaxslarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kunga qadar 6 oy uzluksiz ish staji inobatga olinadi. Bunda ushbu davrda o‘ttiz bir kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffuslar bo‘lganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan oldingi o‘n ikki oy davomidagi ketma-ket davrlar ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi. Agar oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish staji davrida xodimning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjud bo‘lmasa, ushbu davr ish stajini hisoblashda inobatga olinmaydi. Bolani parvarishlash uchun taʼtilda bo‘lgan ayolning ish stajini Davlat soliq qo‘mitasi bazasi orqali tekshirishda uning taʼtilga chiqishidan oldingi davri hisobga olinadi. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) mehnat taʼtilida, bolani parvarishlash uchun taʼtilda, ishni vaqtincha to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, taʼlim tashkilotlarida tahsil olishi munosabati bilan berilgan taʼtilda bo‘lganda hamda ish joyi saqlanadigan boshqa hollarda ham to‘lab beriladi. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji davridagi mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjud bo‘lsa va «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish staji to‘g‘risidagi maʼlumot bo‘lmagan taqdirda, bu haqda «Yagona ryestr» axborot tizimi tomonidan ikki ish kuni ichida nafaqa oluvchining «Tibbiyot” axborot tizimida qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining Davlat soliq qo‘mitasi bazasidagi va «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi. Nafaqa oluvchining ish staji nomutanosibligi (noto‘g‘ri kiritilganligi yoki kiritilmaganligi) xabarnoma olingan oydan keyingi oyning oxirgi ish kuniga qadar «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilanishi lozim. Xabarnoma yuborilgan nafaqa oluvchilarning oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning oxirgi ish kunida qayta tekshiriladi. Nomutanosiblik to‘g‘rilanmagan hollarda, nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror «Yagona ryestr» axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. «Yagona ryestr» axborot tizimi tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari va uning yuridik shaxslarda ishlashi tasdiqlanganda, nafaqani tayinlash to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi. «Yagona ryestr» axborot tizimi tomonidan: nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, nafaqaning to‘lov shakli va muddati bo‘yicha; nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, rad etish sabablari bo‘yicha nafaqa oluvchining «Tibbiyot” axborot tizimida qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining Davlat soliq qo‘mitasi bazasidagi va «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi. «Yagona ryestr» axborot tizimi tomonidan har oyning 4-sanasiga qadar nafaqa bo‘yicha to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari AT «Xalq banki”ga taqdim etiladi hamda Jamg‘armaning g‘azna hisobvarag‘idan zarur mablag‘lar belgilangan tartibda AT «Xalq banki”ga o‘tkazib beriladi. Bunda muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganda, to‘lov ro‘yxatlari va zarur mablag‘lar keyingi 2 ish kuni mobaynida AT «Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin. Nafaqani to‘lash uchun AT «Xalq banki» va uning bo‘limlarida alohida maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi. «Yagona ryestr» axborot tizimi tomonidan to‘lov ro‘yxatlari bank plastik kartasi bo‘yicha shakllantiriladi. Bunda tegishli banklararo reprotsessing markazlaridan nafaqa oluvchining nomiga ochilgan, aktiv holatda bo‘lgan, oxirgi 60 kun davomida oxirgi tranzaksiya amalga oshirilgan bank plastik kartasi tanlab olinadi. Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi bo‘lmaganda, to‘lov naqd pul ko‘rinishida amalga oshiriladi. AT «Xalq banki» va uning bo‘limlari tomonidan nafaqa: nafaqa oluvchilarning bank plastik kartasiga to‘lov amalga oshiriladigan oyning 10-sanasiga qadar o‘tkaziladi; naqd pul ko‘rinishida to‘lov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar beriladi. AT «Xalq banki» va uning bo‘limlari tomonidan nafaqani naqd pul ko‘rinishida nafaqa oluvchining murojaatiga asosan, biroq nafaqa tayinlanganligi to‘g‘risida SMS-xabar yuborilgan kundan boshlab to‘qson kun davomida belgilangan tartibda to‘lanadi. Homiladorlikda va tug‘ruqdan so‘ng beriladigan yordam pullari ishdan taʼtilga chiqqan ayolga, uning mehnat taʼtili davomidagi davr ichida to‘lab beriladi. Bunday yordam pulini berishdan maqsad, homilador ayolning ish faoliyatini tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan so‘ng ham, farzand parvarishining ilk oylarida ham uning shu voqealar sababli yo‘qotgan daromadini tiklab berishdan iboratdir. Onalikni himoya qilish XMTning ilk tashkil etilgan davrlaridanoq, bu tashkilotning eʼtibor markazida bo‘ldi. 1919 yilda «Onalikni himoya qilish to‘g‘risida»gi 3-sonli Konvensiya qabul qilingan edi. Bu Konvensiya 1952 yilda qayta ko‘rib chiqilgan va «Onalikni himoya qilish to‘g‘risida»gi 103-sonli Konvensiya nomini olgan. Onalar sog‘ligiga XMTning 1952-yilda qabul qilingan «Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari to‘g‘risida»gi Konvensiyada alohida qayd etilgan. Unga ko‘ra, milliy qonunchilikda homiladorlik va tug‘ruq holatlari (yoki ularning noxush kechish holatlari) uchun tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyin ham tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish faoliyatini qayta ko‘rib chiqish zarurligi aytib o‘tiladi. Bunday tibbiy yordam shifokor yoki malakali doya tomonidan ko‘rsatilishi kerak, shuningdek onaning ahvoli qoniqarli bo‘lmagan holatlarda uni kasalxonaga yotqizish yordamini ham taʼminlay olishi zarur. XMTning 102-sonli Konvensiyasi va ijtimoiy taʼminot Yevropa kodeksida homiladorlikda va tug‘ruqda beriladigan yordam pulining to‘lanishi lozim bo‘lgan minimal vaqt davri (12 hafta, yaʼni 84 kun) qayta ko‘rib chiqilgan. Butun dekret taʼtili uchun to‘lanadigan pul ayolning avval olgan daromadining 45 foizidan kam bo‘lmasligi lozim, deb keltirilgan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling