Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
-jadval O‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdorlari
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar toifalari Umumiy ish staji Ijtimoiy nafaqa miqdori
3.1-jadval
O‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdorlari66
Yollanma ishchilarni kasal vaqtlarida ularga qisqa muddatli yordam pullari berish orqali sug‘urtalash majburiy ijtimoiy sug‘urtaning shakllaridan biri hisoblanadi. Bundan maqsad mehnat qilishga layoqat vaqtinchalik yo‘qotilgan holatlarda ishchilarni muayyan daromad bilan taʼminlash hisoblanadi. Bu esa ishchilarni kasallik vaqtlarida ham ishlashga majbur qiladigan moliyaviy taʼsirni pasaytirishga yo‘l ochib beradi. Barcha industrial rivojlangan davlatlarda yollama ishchilar uchun kasallikni vaqtida sug‘urtalash tizimi mavjud. O‘z vaqtida bu tizim vaqtinchalik ishchilar va o‘zini o‘zi mehnat bilan band qilgan shaxslarning to‘liq bo‘lmagan bandligi masalasini o‘z ichiga olmagan. Bu esa kasallik vaqtlarida ularning ijtimoiy himoya darajasini sezilari ravishda pasaytiradi. Boshqacha aytganda, kasallikda beriladigan yordam pullari faqat yollanma ish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga, yaʼni ularning majburiy ijtimoiy sug‘urtalashga huquqi borligini qonunan, mehnat shartnomasiga asoslangan holda to‘lanadi. Qisqa muddatli yordam pulllarining miqdori XMTning konvensilari asosida reglamentlashtiriladi. Demak, XMTning «Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari to‘g‘risida» 102-sonli Konvensiyasiga ko‘ra, qisqa muddatli yordam pullarining minimal miqdori oylik maoshning 45 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. XMTning «Tibbiy xizmatlar va kasallik sababli beriladigan yordam pullari to‘g‘risida»gi 130-sonli Konvensiyasiga (1969 yil) ko‘ra, qisqa muddatli yordam pullarining minimal miqdori yo‘qotilgan ish haqining 60 foizidan kam bo‘lmasligi lozim (6.2-jadvalga qarang). To‘lov shartlari qonuniy minimumlikni o‘z ichiga oladi: unda kasallik vaqtida pul to‘lab berishlar hisobga olinmagan, yaʼni bunday yordam puli to‘lash ish beruvchilarning shaxsiy tashabbuslari yoki jamoaviy shartnomalar shartlariga asosan amalga oshirilishi kerak edi. Ijtimoiy sug‘urta tizimlari tomonidan yordam puli to‘lash davomiyligining chegarasi joriy qilingan holatlarda, XMT konvensiyalarida aks ettiriganidek, ularni 26 hafta (120-sonli konvensiya) va 52 hafta (13-sonli konvensiya) muddat ichida kechiktirmasdan amalga oshirish kerak bo‘ladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling