Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-jadval Milliy pensiya taʼminoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlari


Download 0.79 Mb.
bet46/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

4.3-jadval
Milliy pensiya taʼminoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlari120





Ko‘rsatkichlar

2010
yil

2011
yil

2012
yil

2013
Yil

2014
Yil

2015
yil

2016
yil

2017
yil

2018
yil

2019
yil

2020
yil

2021
yil

1.

Jami aholi, mln. Kishi

28,0

29,1

29,5

29,9

30,5

31,0

31,5

32,1

32,6

33,2

33,9

34,5

2.

Iqtisodiy faol aholi,
mln. kishi

12,2

12,5

12,8

13,1

13,5

13,7

14,0

14,3

14,6

14,8

14,7

15,0

3.

Iqtisodiyotda bandlar,
mln. kishi

11,6

11,9

12,2

12,5

12,8

13,0

13,2

13,5

13,2

13,5

13,2

13,6

4.

Pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar,
ming kishi

3265,8

3160,9

3071,3

3090,9

3119,5

3203,9

3324,2

3488,9

3690,3

3878,4

4029,3

4056,8

5.

55 yoshdan oshgan ayollar, ming kishi

1336,7

1437,9

1506,8

1582,9

1672,7

1764,8

1866,3

1972,6

2077,4

2184,8

2293,1

2393,1

6.

60 yoshdan oshgan erkaklar, ming kishi

728,3

781,4

812,8

852,2

889,4

932,2

982,8

1041,4

1104,4

1181,1

1259,9

1331,5

7.

O‘rtacha oylik ish haqi miqdori, ming so‘mda

504,8

628,0

739,6

865,9

1017,9

1171,6

1293,8

1453,2

1822,0

2324,5

2660,0

3200,0

8.

Tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya miqdori, ming so‘mda

171,9

218,5

274,0

330,8

404,3

438,2

494,2

556,8

640,5

733,2

848,5

924,7

9.

O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, yilda (yosh)

73,0

73,0

73,1

73,4

73,4

73,6

73,8

73,7

74,6

75,1

73,4

74,6

Shuni alohida qayd etish kerakki, 2010-2021 yillar davomida 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar soni muntazam o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lgan.


2010-2021 yillar mobaynida barcha omillarning taʼsiri ostida tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya miqdori 5,38 martaga o‘sgan bir sharoitda o‘rtacha oylik ish haqi 6,34 martaga o‘sgan, yaʼni o‘rtacha oylik ish haqining o‘sish surʼati tayinlangan o‘rtacha oylik pensiya miqdorining o‘sish surʼatidan yuqori bo‘lgan. Bu va yuqorida qayd etilgan holatlar pensiya taʼminoti tizimida istiqbolga qaratilgan samarali islohotlar yo‘nalishlarini tadqiq qilish zaruriyatini yanada oshirmoqda.
Umuman, pensionerlar sonining o‘sib borishi aholining tabiiy ko‘payishi darajasining yuqoriligi hamda umr ko‘rish davrining uzayib borayotganligini ko‘rsatadi. «1991-2020 yillar davomida, yaʼni 30 yil ichida tug‘ilishlar soni 16,4 foizga oshgan»121. Bu esa avlodlar birdamligiga asoslangan pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash nuqtai nazaridan zarur choralar ko‘rilishini taqozo etadi.
2010 yilda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73 yilni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 74,6 yilga teng bo‘lgan. «2025 yilga borib, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 76,4 yoshga yetishi prognoz qilingan»122. Ayrim mamlakatlarda bu ko‘rsatkichning darajasi ancha yuqori. Chunonchi, «Yaponiyada umr ko‘rish davomiyligi 85, Italiyada 84, Janubiy Koreyada 81,3, AQShda 79,1, Turkiyada 75,5 va Gruziyada 75,1 yilni tashkil etmoqda»123.
Umr ko‘rish davrining uzayib borishi bilan pensiya oluvchilar sonining tabiiy ravishda ko‘payishi Pensiya jamg‘armasida ularning moliyaviy taʼminotini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda moliyaviy resurslar (daromadlari) bo‘lishini taqozo etadi. So‘nggi yillarda soliq tizimidagi islohotlar natijasida 2019 yil 1 yanvardan124:

  • fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilindi (2019 yilgacha fuqarolarning oylik daromadidan 8% gacha miqdorida sug‘urta badali to‘langan);

  • davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi;

  • xususiy korxonalar, shuningdek, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yuridik shaxslarga yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi.




4.3-rasm. 2019-2028 yillarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari, xarajatlari, defitsitining prognozi va o‘zgarish tendensiyasi (trln. so‘mda)125

Shuningdek, 2019 yil 1 oktabrdan boshlab, Pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘langan yagona soliq to‘lovi summasi mahalliy budjetlarga o‘tkazildi hamda «2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat korxonalari, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foizdan 12 foizga pasaytirildi»126. Natijada, 2019 yildan boshlab Pensiya jamg‘armasi budjetida defitsit yuzaga kelgan. Pensiya jamg‘armasi daromadlarini shakllantirishdagi jiddiy o‘zgarishlarni hamda 2019-2028 yillar mobaynida yiliga o‘rta hisobda 335297 nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlanishini ham hisobga oladigan bo‘lsak, defitsit darajasi o‘sib borish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda (4.3-rasm).


Bu esa Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligining taʼminlanishi uchun respublika budjetidan transfert shaklida subsidiya ajratish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishini taqozo etadi.
Shuni alohida qayd etish zarurki, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan qabul qilingan «Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiya hamda Yevropa ijtimoiy taʼminot kodeksida barcha mamlakatlar pensionerlar uchun ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlariga erishish lozimligi ko‘rsatilgan (4.4-jadval). Ijtimoiy taʼminotning minimal xalqaro meʼyorlariga ko‘ra, pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti 40 foizdan kam bo‘lmasligi tavsiya etilgan.
4.4-jadval
Xalqaro meʼyorlariga muvofiq pensiya miqdorlarining
minimal standartlari127



Stajga nisbatan talablar

Qoplanish koeffitsiyenti (ilgari olingan daromadiga nisbatan moddiy to‘lov miqdori)

Yolg‘iz pensioner uchun, % da

Qaramog‘ida bo‘lgan pensioner uchun,
% da

Xalqaro mehnat tashkilotining 102-sonli Konvensiyasi,
1964 y.

Yevropa ijtimoiy taʼminot kodeksi,
1990 y.

Yevropa ijtimoiy taʼminot kodeksi, 1990 y.

Xalqaro mehnat tashkilotining
102-sonli Konvensiyasi,
1964 y.

Yevropa ijtimoiy taʼminot kodeksi, 1990 y.

Yoshga doir pensiya

30 yil davomida badallarni to‘lash yoki ish bilan band bo‘lish yohud mamlakatda 20 yil davomida yashash

40 yil davomida badallar to‘lash yoki mehnat faoliyati bilan band bo‘lish yohud mamlakatda yashash

50

40 (pensiya yoshidagi erkak kishi va uning to‘rmush o‘rtog‘i uchun)

65 (pensiya yoshidagi erkak kishi va uning to‘rmush o‘rtog‘i uchun)

Nogironlik pensiyasi

15 yil davomida badallar to‘lash yoki ish bilan band bo‘lish yohud mamlakatda 10 yil daomida yashash

15 yil davomida badallar to‘lash yoki mehnat faoliyati bilan band bo‘lish yohud mamlakatda yashash

50

40 (erkak kishi turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi bilan)

65 (erkak kishi turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi bilan)

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi

15 yil davomida badallar to‘lash yoki ish bilan band bo‘lish yohud mamlakatda 10 yil daomida yashash

15 yil davomida badallar to‘lash yoki mehnat faoliyati bilan band bo‘lish yohud mamlakatda yashash

50 (beva ayol uchun)

40 (beva ayol uchun)

65 (beva ayol, ikki nafar farzandi bilan)

Ammo, O‘zbekistonda 2010 yildan to 2021 yilgacha bo‘lgan davrlarning birortasida ham pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti 40 foizlik darajani qayd etmagan (3.4-rasm). Jumladan, 2010-2021 yillar davomida ushbu koeffitsiyent o‘rtacha 35,4 foizni tashkil etib, talab etilgan xalqaro meʼyordan 4,6 foizga kam. Ushbu holat hanuzgacha munosib pensiya miqdorlariga erishilmaganligini ko‘rsatadi va pensionerlarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish nuqtai nazaridan salbiy omildir.


Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlarida ham 2016-2020 yillarda pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyenti 40 foizlik darajani qayd etmagan. Biroq, «Yevropa mamlakatlarida qoplanish koeffitsiyenti 60 foiz atrofida tebranadi, IHTTga aʼzo mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 54,5 foizni tashkil qiladi»128. YEOII mamlakatlarining barchasida o‘rtacha umr ko‘rish davri ham uzayib bormoqda. 2021 yilda pensiyaga chiqish yoshining o‘rtacha darajasi Armanistonda 63, Belorusda 60, Qozog‘iston 61,5, Qirg‘isistonda 60,5 va Rossiya Federatsiyasida 59 yoshni tashkil qilgan. «YEOII mamlakatlari bo‘yicha jami aholi tarkibida mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi 7 foizdan yuqoridir»129. Bunday holat pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va pensionerlarning turmush farovonligini yaxshilash nuqtai nazaridan milliy pensiya modellarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Pensiya tizimida qoplanish koeffitsiyentining mavjud holati tayinlangan pensiya miqdorlarining ham kichikligini ko‘rsatadi. «Pensiya miqdori, eng avvalo, ish staji davriga bog‘liq bo‘lib, erkaklar – 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda hamda ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar»130.






Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling