Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta
Umumiy profildagi hududiy kasalxona
Download 0.79 Mb.
|
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tkir holatlarni davolovchi shifoxonalar
Rivojlangan mamlakatlar aksariyatining sog‘liqni saqlash milliy tizimida tibbiy sug‘urta alohida o‘rin egalladi. Tibbiy sug‘urtaning shakllanishi XVIII asr oxirida keng vujudga kelayotgan va rivojlanayotgan fabrika ishchilarining o‘zaro yordam jamg‘armalarining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Ushbu jamg‘armalardan ishchilarning to‘lagan sug‘urta badallari hisobidan ularning kasallikka duchor bo‘lgan hollarida bir martalik yoki vaqti-vaqti bilan tibbiy xizmatlar uchun to‘lov ajratilar edi. XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator Yevropa mamlakatlarida tadbirkorlar va ishchilarning kasaba uyushmalari tashabbusi bilan kasalxona jamg‘armalari tashkil etila boshladi. Ushbu jamg‘armalar ish beruvchi va yonlamma ishchilarning badal to‘lovlari hisobidan tashkil etilgan, hamda ishchilar betob bo‘lgan holatlarida kuyidagi moddiy va tibbiy yordamlar ko‘rsatishni taʼminlagan: kasallik davrida ishga layoqatsizligi tufayli yo‘qotgan oyligini qisman qoplash uchun to‘lovlar to‘lash; tibbiy yordam va dorilar uchun to‘lovlar; ishchi vafot etsa, bir martalik to‘lov to‘lash; farzand ko‘rgan onaga bola uchun nafaqa berish. Germaniyada 1894 yilda kansler Bismark davrida ilk bor «Majburiy tibbiy sug‘urta tizimi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. XX asrning birinchi yarmida aksariyat Yevropa mamlakatlarida tibbiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunni qabul qilindi. «Ushbu tizim ish beruvchi va yonlanma ishchilar, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida yangi iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy munosabatlar shakllantirildi»152. Ushbu munosabatlar ijtimoiy sug‘urtalashning birdamlik tamoyiliga ko‘ra moliyalashtirishga asoslangan, jumladan, ish beruvchi va yonlanma ishchilar o‘zlari tibbiy sug‘urta badallarini to‘laydilar, davlat tomonidan esa tibbiy sug‘urta faoliyat ko‘rsatish uchun moliyaviy va huquqiy asoslari shakllantirildi. Kasallik xavfining oqibatlari uchun shaxsiy jamoaviy javobgarlikning ushbu turi aholining sog‘liqni saqlash uchun katta moliyaviy resurslarni shakllantirish va ijtimoiy sug‘urta tamoyillariga asoslangan milliy tibbiy sug‘urta tuzilmalarini yaratishda shaxsiy va jamoaviy saʼy-harakatlarni birlashtirish muhimligini anglash imkonini berdi. Ushbu tizimlar sug‘urta badallari hisobidan moliyalashtiriladi va aksariyat mamlakatlarda budjet tomonidan qo‘shimcha to‘lovlar bilan to‘ldiriladi. Dastlab ijtimoiy sug‘urta joriy etilganida ushbu tizim ishchilar qamrab olingan edi, keyinchalik ishchilarning oilalari jalb etildi, bir qator mamlakatlarda esa jami aholi qamrab olindi. Majburiy tibbiy sug‘urta davlat ijtimoiy sug‘urta tizimining komponenti hisoblanib, davlat dasturlari tomonidan belgilangan shartlar asosida barcha fuqarolarni tibbiy yordam va dori vositalari olish imkoniyati bilan taʼminlaydi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida tashkil etilgan shaxsiy sug‘urta xarakteriga ega bo‘lib, qo‘shimcha tibbiy yordamlar imkonini beradi. Ushbu sug‘urta turi jamoaviy, (korporativ asosda) professional asosida tashkil etilib va individual ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Davlatning sog‘liqni saqlash tizimida jami aholi tibbiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladi va ular soliq tushumlari hisobidan moliyalashtiriladi. Milliy miqyosda ilk bor davlat sog‘liqni saqlash tizimi Sovet Ittifoqida (XX asrlarning 30-yillarida), Buyuk Britaniya (1948 y), Irlandiya, Skandinaviya va Janubiy Yevropa davlatlarida tashkil etildi. Xususiy tibbiyot va ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalash AQShda ustunlikka ega bo‘lgan. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimlari doirasida jismoniy shaxslar maʼlum tibbiy xizmatlarga sug‘urta shartnomasi doirasida huquqlari evaziga sug‘urta kompaniyasiga sug‘urta badalini to‘laydilar. Shu sababli, shaxsiy tibbiy sug‘urta mukofot sifatida tibbiy xizmatlarning turli paketlarini taklif etadi, aksariyat xizmatlarning xajmi va tarkibi sug‘urtalanganlarning ayrim guruhlarida sezilarli darajada farqlanishi mumkin. Xususiy sug‘urta har bir sug‘urtalangan shaxs uchun tavakkalchilikni baholash bilan bog‘liq bo‘lgan yuqori xarajatlar bilan bog‘liq. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimlarida to‘langan sug‘urta badallari (mukofoti) miqdori qator xususiyatlarga ega: – sug‘urtalangan shaxslarning yoshiga bog‘lik bo‘lib (shartnoma tuzilgan davri holatiga) – shartnoma qanchalik erta tuzilgan bo‘lsa, shuncha arzonroq bo‘ladi; – sug‘urtalangan shaxslarning jinsiga bog‘liq bo‘lib, kasallik va ularning oqibatlari turlicha bo‘ladi; – transportda, kundalik hayotda turli xil kasalliklar etiologiyasi jumladan avtohalokat natijasida olingan jarohatning murakkabligi va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar darajasi farqlanadi. Shu nuqtai nazardan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun xavfning oqibatlarini baholash va sug‘urta mexanizmini shakllantirish, nogironlik davrlarini va mehnatga layoqatsizliklarni hisobga olish nuqtai nazaridan muxim hisoblanadi. Tibbiy sug‘urta bo‘yicha mukofotlar kelajakdagi badallarning qiymati va kelajakdagi xarajatlarning kutilayotgan tengligi asosida hisoblanadi. Sug‘urta shartnomasini tuzishda mukofot miqdori, taxmin qilinayotgan kasalliklarning yoshi, jinsi va xavflariga bog‘liq holda hisoblanadi. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning xususiyati shundaki, unda tanlov erkinligi va badallarni to‘lash imkoniyati mavjud. Shuning uchun kasal bo‘lish xavfini hisobga olgan holda, naqd pul badallarini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan shaxslar xususiy sug‘urta kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasini tuzadilar. Ushbu sug‘urta tizimi turli miqdordagi daromadlarga ega guruhlar o‘rtasida o‘zaro subsidiyalashni taʼminlamaydi. Tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj boshqalarga nisbatan yuqori bo‘lganlar odatda pastroq daromadga ega bo‘lib, tavakkalchilik bilan bog‘liq sug‘urta badallarini to‘lay olmaydilar. Shuning uchun, ishlaydigan odamlar uchun tibbiy yordamni tashkil qilish masalalari haqiqatdan ham faqat majburiy tibbiy sug‘urta doirasida, sog‘liqni saqlash yordami bilan hal qilinishi mumkin. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimlari, o‘rtacha tibbiy xizmatlardan foydalanishni hohlovchi yuqori daromadli aholi qatlamlari uchun, shaxsiy ehtiyojlari va xohishlarini hisobga olgan holda milliy sog‘liqni saqlash tizimlari tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar to‘plamini to‘ldirishni istaganlar uchun tibbiy xizmatni tashkil qilishning maqbul usulidir. XXI asr bo‘sag‘asida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda shakllanayotgan turli tibbiy yordam muassasalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi haqidagi jamoatchilik fikri asta-sekin o‘zgarib bormoqda. Jumladan, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Daniya, Irlandiya kabi mamlakatlarda tibbiy sug‘urta asta-sekinlik bilan davlat tibbiyotiga aylandi. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat sog‘liqni saqlash tizimi bilan birgalikda majburiy va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta institutlari rivojlanib bormoqda. Tibbiy sug‘urta tizimining xolati mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. «Jahon banki tomonidan sog‘liqni saqlash tizimi faoliyat ko‘rsatishining xususiyatlari va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonining tashkil etilishi mamlakatlarni daromadlari darajasiga qarab taxlil etilgan:»153 rivojlangan mamlakatlar (aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlarning yuqoriligi); rivojlanayotgan mamlakatlar (aholi daromadlari darajasi o‘rtacha, o‘tish iqtisodiyoti); bozor munosabatlari shakllanayotgan mamlakatlar (aholi yuqori daromadga ega emas). Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, quyi va o‘rta-quyi daromadlari mamlakatlarda aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan kasalliklarni oldini olish, ularga qarshi kurashish dasturlari asosan xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy tashkilotlar, donor mamlakatlar tomonidan ajratilayotgan mavblag‘lar, aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan turli maqsadli xalqaro bitimlarga asoslangan ijtimoiy loyihalar asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu mamlakatlar guruhida aholi daromadlari ularning yetarli darajadagi turmush farovonliklarini taʼminlash imkonini bera olmasligi sababli, aksariyat mamlakatlarda tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydalanish uchun aholining moddiy imkoniyatlari yetmaydi. Ushbu vaziyatni inobatga olgan natijada aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ham nisbatan cheklanadi. O‘rta-yuqori daromadli mamlakatlar va yuqori daromadli mamlakatlarda aholining daromadlari nisbatan yuqori bo‘lganligi va ularning ijtimoiy sug‘urta xizmatlaridan keng foydalanishga o‘z intilishlarining mavjudligi ushbu mamlakatlar guruhida aholi tibbiy xizmatlardan o‘zlarining tibbiy sug‘urta polislari orqali foydalanish amaliyoti keng tarqalgan. Natijada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati takomillashgan holda, ulardan aholining foydalanish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda (5.2-jadvalga qarang). Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling