Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. Rivojlangan mamlakatlardagi sog‘liqni saqlash


Download 0.79 Mb.
bet59/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

5.2-rasm. Rivojlangan mamlakatlardagi sog‘liqni saqlash
tizimining tasnifi173

Ijtimoiy himoya tizimi borasida – AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada mamlakatlarining tajribalarini tahlil etamiz. Germaniya ijtimoiy sug‘urtaning klassik modeli namunasi hisoblanib, uning moliyalashtirish manbalari quyidagicha taqsimlanadi: ijtimoiy tibbiy sug‘urta – 60%, xususiy tibbiy sug‘urta – 10%, davlat budjeti – 15% va fuqarolarning shaxsiy vositalari – 15%. Germaniya aholisining deyarli 90% ijtimoiy tibbiy sug‘urta dasturlari va 10% esa xususiy tibbiy sug‘urta dasturlari bilan qamrab olingan, holda ijtimoiy sug‘urtalanganlarning 3% ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisiga ega.


«Germaniyada sog‘liqni saqlash xarajatlarining mamlakat YAIM dagi ulishi 7,8-11,7 foizni tashkil etadi»174. Davlat budjeti manbalaridan sog‘liqni saqlash xarajatlarining 75% qoplanadi. Sog‘liqni saqlashning moliyaviy mablag‘lari harakati quyidagi ko‘rinishiga ega edi, dastlab ular ijtimoiy tibbiy sug‘urtaning davlat fondida jamlanadi, so‘ngra tibbiy davolash muassasalari xizmatlarini nazorat qiluvchi notijorat sug‘urta tashkilotlarining hisoblariga tushadi. Shifoxonalar jamg‘armalari deb nomlangan shifokorlar uyushmalari ijtimoiy tibbiy sug‘urta tizimining asosini tashkil etadi. Ular majburiy tibbiy sug‘urtada qonuniy kafolatlangan xizmatlarni ko‘rsatish va moliyalashtirishni boshqaradigan o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tuzilmalarni yaratadi. Shifoxonalar jamg‘armalari xususiy notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lib, kasallik bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni sug‘urtalash bilan shug‘ullanadi. Shifoxonalar jamg‘armalari va tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchilarning vakillaridan tashkil topgan to‘lovchilarning (shifokorlar, stomatologlar uyushmalari, shifoxonalar) birlashgan komissiyalari davlat miqyosida tibbiy xizmatlar uchun imtiyozlar, standartlar, tarif va narxlarni belgilaydi. Hududlar darajasida esa ushbu komissiyalar tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzadi, nazorat va ruxsat berish vazifalarini bajaradi.
Mamlakat qonunchiliga ko‘ra yillik daromadi 50 ming yevrodan oshgan shaxslargina tibbiy sug‘urtalash faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Aholining qolgan qismi esa majburiy ijtimoiy tibbiy sug‘urtalash bilan qamrab olingan bo‘lishi kerak. 1996 yildan buyon shifoxonalar jamg‘armalarini tanlash va shartnoma tuzilgandan 18 oy o‘tgach, jamg‘armani o‘zgartirish imkoni mavjud. Germaniyada maʼlum aholining guruhlari uchun mo‘ljallangan kasbiy jamg‘armalar mavjud, va ushbu jamg‘armalar turli qanday kasb egalari bilan shartnoma tuzishga majbur hisoblanadi.
Mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini boshqaruvini xaddan tashqari markazlashtirilmagani uchun federal hukumat bilan yer hukumatlari o‘rtasida vakolatlarni bo‘lib berilganligi bilan ajralib turadi. Federativ davlatda tibbiy xizmatlar bozori rivojlangan bo‘lib, davlat tibbiy sug‘urta tizimida yetakchi rolni o‘ynaydi, xususiy sug‘urta esa to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Tibbiy yordam ko‘rsatish nodavlat notijorat tibbiyot muassasalari ustunlik qiladigan turli mulk shaklidagi tashkilotlar va xususiy shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Kasalxonalarda tibbiy xizmatlarga haq to‘lash budjet va klinik-statistik guruhlarning usullari, birlamchi yordam uchun esa tibbiy xizmatlar to‘lovi usuli bilan to‘lanadi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling