Ishlanadi ijtimoiy sug‘urta


-rasm. Germaniyada aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan TOP-10 kasalliklar ro‘yhati (100 000 aholiga nisbatan)


Download 0.79 Mb.
bet60/96
Sana15.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1479357
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
Bog'liq
24 04 lotin Ижтимоий суғурта ўқув қўлланма 2023 uz assistant uz

5.3-rasm. Germaniyada aholining o‘limiga sabab bo‘layotgan TOP-10 kasalliklar ro‘yhati (100 000 aholiga nisbatan)175
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Germaniyada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishda tibbiy sug‘urtaning amaliyotga keng tatbiq etilganligi sababli so‘ngi 2000-2019 yillarda mamlakatda aholining turli og‘ir kasalliklarga chalinish holatlari sezilarli darajada qisqardi. Jumladan, tahlil etilayotgan davrda aholining ishemik yurak kasalligi bilan og‘rishi holatlari 1,6 martaga, qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari 1,7 martaga kamaydi (5.3-rasmga qarang).
Xalqaro ekspertlar fikricha, mamlakat aholisining tibbiy sug‘urta polislariga egaligi sababli aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayishi bilan bir qatorda, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati ham takomillashib bormoqda. Natijada «aholining og‘ir kasalliklarga chalinishi, barvaqt o‘lim holatlari yildan-yilga kamayib bormoqda»176.

5.4-rasm. Germaniya tibbiy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari (mln. yevroda)177
Germaniyada 2010-2014 yillarda aholining tibbiy sug‘urta xizmatlaridan foydlanishga bo‘lgan intilishi sezilarli darajada ortdi. Natijada tahlil etilayotgan davrda sug‘urta fondlarining daromadlari orta boshladi. Mamlakatdagi demografik qarish muammosining mavjudligi va yangi turdagi turli kasalliklarning tarqalishi sababli o‘lim holatlari, aholining kasallanishi va turli orttirilgan nogironliklarning vujudga kelishi sababli 2010-2019 yillarda mamlakatda sug‘urta fondlarining o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun sarflanadigan xarajatlari qismi ortib va 2017 yilda mamlakatda tibbiy sug‘urta xizmatlarini moliyalashtirishning «Zinszusatzreserve (ZZZ)» usuli amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu usul yordamida sug‘urta fondlari xarajatlarini qisqartirishga erishildi (5.4-rasmga qarang). Ushbu usul o‘lim holatlari vujudga kelganda beriladigan turli nafaqa va to‘lovlarni to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritishdan iborat bo‘ldi.
Buyuk Britaniya budjet modelida sog‘liqni saqlash xarajatlarining 85 foizi davlat budjeti tomonidan qoplanadi va 15 foizi xususiy tibbiy sug‘urta hisobidan to‘lanadi. Pul mablag‘lari davlat budjetida jamlanadi, va davolash profilaktik muassasalarini moliyalashtirishni boshqaruvchi o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilotlarga beriladi. Sog‘liqni saqlashning markazlashgan boshqaruvi shakli amal qiladi. «Umumiy davlat xarajatlari YaIMni 9,4% ni tashkil etib, shundan sog‘liqni saqlash sohasiga sarflangan xarajatlarining YAIM hajmida 7,7 foizni tashkil etadi»178. Aholi bepul tibbiy xizmatlar bilan qamrab olingan va tibbiy xizmatlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar deyarli mavjud emas. Aholining mehnat qobiliyatiga ega qatlami uchun bir retsept uchun 7,85 funt sterling miqdoridagi doimiy to‘lovlar qo‘llaniladi.
Mamlkatda tibbiy xizmatlarning aksariyati qismi davolash profilaktik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, birlamchi tibbiy yordam esa xususiy shifokorlar tomonidan ko‘rsatiladi. Tibbiy xizmatlar bozori va xususiy sug‘urta qo‘shimcha rolni o‘ynaydi. Aholiga ijtimoiy va tibbiy yordamni Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmati va mahalliy hukumatni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy va tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi. Angliyada sog‘liqni saqlash bo‘yicha 10 ta strategik dasturlar mavjud va ular hududlarda milliy sog‘liqni saqlash xizmati faoliyatini qo‘llab quvvatlash, muvofiqlashtirish va boshqarishni taʼminlaydi. Ushbu, sog‘liqni saqlash bo‘yicha strategik dasturlar mahalliy boshqaruv hokimiyat organlari, taʼlim, xayriya va jamoat fondlari bilan ishlaydi.
Tibbiy xizmatlarga haq to‘lash, bir kishiga hisoblangan statsionar davolanish xizmatlar va natija uchun birinchi yordam uchun to‘lovlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat shifokorlar va davolanish profilaktik muassasalarni akkreditatsiyalash, shifokorlar faoliyatini tartibga solish bilan shug‘ullanadi. Tibbiy xizmatlar to‘lovlari darajalari va narxlari birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha trast fondlar tomonidan boshqariladi. Xozirda Angliyada 152 ta birlamchi tibbiy yordamlar ko‘rsatuvchi trast fondlar mavjud va ular milliy sog‘liqni saqlash xizmati budjetining 80 foizini nazorat qiladi. Shuningdek, Angliyada 167 ta shifoxonalar va 129 jamg‘arma trastlari mavjud bo‘lib, ular Angliyadagi statsionar davolanishning katta qismini taʼminlaydi. «Birlashgan qirollikda Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyada milliy sog‘liqni saqlash xizmatining mustaqil mahalliy tizimlari mavjud»179.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling